Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni faol ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun bir guruh qozog‘istonliklarni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi:
- Karin Yerlan Tinimbayuli - Qozog‘iston Respublikasining Davlat maslahatchisi;
- Jyeldibay Ruslan Sultanuli - Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi;
- Jumangarin Serik Makashevich - Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari;
- Balayeva Aida Galimovna - Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri;
- Atamkulov Beybut Bakirovich - Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi;
- Xashimjanov Ikram Akramovich - Qozog‘iston Respublikasi O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi.