Kiyev Ukraina bilan chegarada Belarus qo‘shinlari to‘planganini e’lon qildi

Jahon 08:34 / 26.08.2024 5204

Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus mashg‘ulotlar niqobi ostida Ukraina bilan chegara yaqinida muhim miqdorda shaxsiy tarkib va harbiy texnikani to‘plagan. Bu haqda 25 avgust, yakshanba kuni Kiyevdagi tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, gap Ukrainaning shimoliy chegaralari yaqinidagi Gomel viloyatida maxsus operatsiyalar kuchlari, tanklar, artilleriya, YaO‘RT va HHMni to‘plash haqida ketmoqda. Shuningdek, Belarus hududida «Vagner» XHK yollanma askarlari aniqlangan», deya ma’lumot berdi vazirlik.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi Belarus hukumatini «Moskva bosimi ostida fojiali xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka», harbiy qo‘mondonlikni esa «nodo‘stona harakatlar»ni to‘xtatishga va armiyani Ukraina chegaralaridan olib chiqishga chaqirdi.

Chegara buzilgan taqdirda, Ukraina «o‘zini himoya qilish choralarini» ko‘radi va Belarus qo‘shinlarining barcha konsentratsiyasi «Ukraina qurolli kuchlari uchun qonuniy nishonga» aylanadi. «Ukraina hech qachon Belarus xalqiga qarshi nodo‘stona harakatlar qilmaganini va qilmoqchi emasligini ta’kidlaymiz», — deyiladi bayonotda.

18 avgust kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko armiyaning deyarli uchdan bir qismi Ukraina bilan chegaraga joylashtirilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u Brestdan Grodnogacha bo‘lgan himoya chizig‘i shakllantirilishi haqida ma’lumot berdi.

Ko‘proq yangiliklar: