Daniyada dunyodagi eng qimmat tangalar to‘plami kimoshdi savdolariga qo‘yiladi

Jahon 20:23 / 26.08.2024 2395

Daniyalik sariyog‘ magnati Lars Emil Brun 1923 yilda vafot etganida o‘z vasiyatnomasida qiziq bir bandni qoldirgan: uning umri davomida yig‘gan tangalar, banknota va medallar to‘plami yo‘qolib ketish xavfi bo‘lsa, Daniya milliy kolleksiyasida saqlanishi, agar barchasi yaxshi bo‘lsa, oradan 100 yil o‘tgach, uning xazinasi avlodlari foydasiga sotilishi kerak edi.

Belgilangan 100 yillik muddat yakunlanganiga keyingi oy bir yil to‘lishi munosabati bilan Brunning 20 mingta tangadan iborat shaxsiy to‘plami auksionga chiqariladi. Brun «sandig‘ini quritish» uchun bir nechta savdolarni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, ammo yakunda savdoda tushgan pullar uni eng qimmat tangalar kolleksiyasiga aylantirishi kutilmoqda. Le Brun to‘plami 500 million kronaga (72,5 million dollar) sug‘urta qilingan. Kimoshdi uyi uni savdolarga chiqarilgan eng qimmat to‘plam deb atamoqda.

Numizmat kolleksiyasi oxirgi 100 yil davomida qayerda saqlangani sir tutilgan. Brun Birinchi jahon urushidan keyingi vayronalar tufayli tanga va medallar to‘plami bombardimon natijasida yo‘qolib ketishidan xavotirlanib, uni yashirib ketgan — sanoqli odamlargina uning qayerdaligidan xabardor.

Brun o‘z to‘plamini yig‘ishni bolaligidan, 1859 yilda amakisi vafot etib, uni merosxo‘rlardan biri sifatida tayinlaganidan keyin boshlagan. Yigitcha qarzga saryog‘ sotish bo‘yicha biznesini boshlaydi va oxir-oqibat katta boylik to‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Boyligi tufayli u tangalar to‘plamiga qiziqib qoladi va 1885 yilda Daniya numizmatlar jamiyati asoschilaridan biriga aylanadi.

Stack's Bowers kimoshdi uyi tomonidan 14 sentabrda o‘tkaziladigan birinchi savdolarda Daniya, Norvegiya va Shvetsiyada XV asr oxirlaridan boshlab ishlab chiqarilgan 280 dan ortiq oltin hamda kumush tangalar sotuvga qo‘yiladi. Eng mashhur lotlardan biri — Skandinaviyaning qadimgi oltin tangasi bo‘lib, u 1496 yilga tegishli. Mazkur tanga 600 ming yevroga sotilishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: