Apple yangi iPhone taqdimotini 10 sentabrda o‘tkazadi - Bloomberg

Jahon 20:25 / 26.08.2024 2081

Apple joriy yilgi o‘z mahsulotlari namoyishiga bag‘ishlangan tadbirni 10 sentabrda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uning doirasida yangi iPhone modellari seriyasi, soatlar va AirPods taqdim etiladi, deb xabar beradi Bloomberg.

Aniq sana hozircha e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, kompaniya aynan 10 sentabr kuni taqdimot o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shundan so‘ng telefonlar 20 sentabrdan boshlab sotuvga chiqadi — bu Apple’ning oxirgi yillardagi siyosatiga mos keladi.

Tahlilchilar iPhone 16 seriyasi keskin o‘zgarishlarga ega bo‘lishi va iPhone’lar uchun dasturiy ta’minot yangilanishini kutmoqda. U sun’iy intellekt funksiyasini o‘z ichiga oladi.

Yangi savdolar Apple daromadining ortishi va sun’iy intellekt yordamida foydalanuvchilarni jalb etishi fonida yuz bermoqda. Biroq uchinchi chorakda kompaniyaning Xitoydagi savdolari kutilganidek bo‘lmadi. Visible Alpha ma’lumotlariga ko‘ra, Apple’ning uchinchi chorakda Xitoydagi savdolari 6,5 foizga tushib ketgan.

Apple kompaniyasi iyun oyida o‘tkazilgan har yillik anjumanida sun’iy intellekt sohasidagi uzoq kutilgan strategiyasini taqdim etgandi. Apple Intelligence nomini olgan yangi texnologiya bir qator dasturlarni, jumladan, Siri’ni, ChatGPT chat-botini o‘zida o‘zida birlashtiradi.

Avgust boshlarida Apple iPhone 16 seriyali smartfonlarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi. Apple 90 million yangi telefon chiqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga Samsung Display va LG Display korporatsiyani 120 million panel bilan ta’minlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: