Isroil Livan hududiga zarba berishni boshladi

Jahon 11:12 / 25.08.2024 12744

«O‘z-o‘zini himoya qilish maqsadida ushbu tahdidlarni bartaraf etish uchun TsAHAL Livandagi „Hizbulloh“ harakati tinch aholiga qarshi hujumlar uyushtirmoqchi bo‘lgan terrorchilik obektlariga zarba bermoqda», — degan Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagari.

Harbiylar Livan bo‘ylab zarbalar berishni boshlagach, Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakatda 48 soat muddatga favqulodda holat rejimi e’lon qilgan. Tel-Aviv xalqaro aeroporti reyslarni qabul qilishni va jo‘natishni to‘xtatgan.

Keyinroq Hagari «harbiy-havo kuchlarning o‘nlab samolyotlari Janubiy Livandagi qator lokatsiyalar bo‘ylab zarba berayotgani»ni aytdi.

Isroil xavfsizlik kabinetining shoshilinch yig‘ilishi chaqirilgan.

TsAHAL bayonotidan ko‘p o‘tmay «Hizbulloh» Isroilga dronlar va raketalar orqali keng ko‘lamli hujum boshlaganini ma’lum qildi.

Harakat telegram-kanalida aytilishicha, «Hizbulloh» shu tariqa Bayrutda yaqinda o‘z harbiy qanoti qo‘monboni Fuad Shukr o‘ldirilganiga «dastlabki javob»ni berayotganini bildirdi.

Kawnat Haju / AFP / Scanpix / LETA

TsAHAL ma’lumotiga ko‘ra, Livandan Isroil tomonga 150 dan ortiq dron va raketalar uchib kelgan. «Hizbulloh» esa Isroildagi 11 ta harbiy nishon tomon 320 ta raketa uchirganini e’lon qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: