«Hizbulloh» Isroilni keng ko‘lamli o‘qqa tutdi va buni «birinchi bosqich» deb atadi

Jahon 18:42 / 25.08.2024 10560

Livanning «Hizbulloh» guruhi 25 avgustga o‘tar kechasi Isroilga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan keng ko‘lamli hujum qildi.

Al Jazeera telekanali xabariga ko‘ra, guruh «Katyusha» tizimi orqali 320 dan ortiq raketani Isroil harbiy bazalari va qo‘shinlari joylashgan hududlarga otganini da’vo qilmoqda.

«Hizbulloh» bu hujumni Isroilga qarshi yangi operatsiyaning «birinchi bosqichi» va 30 iyul kuni Isroilning Bayrutga bergan zarbasi oqibatida o‘ldirilgan guruh qo‘mondonlaridan biri Fuad Shukr uchun qasos olish deb atadi.

Isroil armiyasi (TsAHAL) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Hizbulloh» Isroilga 210 ga yaqin raketa otgan va 20 ta dron uchirgan. Ba’zi snaryadlar urib tushirilgan, boshqalari nishonga tegib, halokat va jarohatlarga olib kelgan. Ko‘plab raketalar tashlandiq joylarga tushgan.

O‘z navbatida TsAHAL Livan hududiga ogohlantiruvchi zarbani berdi.

«Isroil Harbiy-havo kuchlarining 100 ga yaqin qiruvchi samolyotlari Isroilning shimoliy va markaziy qismini bombardimon qilishni rejalashtirgan minglab «Hizbulloh» raketa tizimlariga zarba berdi va yo‘q qildi», deyiladi TsAHAL xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: