Zaporijjya AESga zaxira liniyasi orqali elektr yetkazib berish to‘xtadi

Jahon 13:45 / 24.08.2024 2188

Zaporijjya atom elektr stansiyasiga zaxira liniyasi orqali elektr energiyasini yetkazib berish avtomatika tufayli to‘xtatildi, deb xabar berdi Rossiya axborot agentliklari 23 avgust, juma kuni stansiya vakillariga tayanib

«Zaporijjya AESda 2024 yil 23 avgustda yuqori voltli 330 kV «Ferrosplavnaya-1» elektr ta’minoti tarmog‘i avtomatika tufayli o‘chirildi», — deyiladi «ZAES. Ofitsialno» Telegram-kanalida. - AESning o‘z ehtiyojlari «Dneprovskaya» 750 kV liniyasidan quvvatlanadi». 

Shuningdek, postda 2022 yil mart oyida Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasining barcha bo‘linmalari to‘xtatilgani va «sovuq to‘xtash» holatida ekanligi eslatiladi: «Uskunalar barcha zarur qoidalarga muvofiq xizmat ko‘rsatmoqda. Radiatsiyaviy xavfsizlik standartlarini qat’iy nazorat qilish to‘xtamayapti». 

AEXA: Zaporijjya AESdagi vaziyat dron hujumidan so‘ng yomonlashdi 

Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES)da yadro xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat uning hududi yaqinidagi yo‘lga uchuvchisiz uchoq zarbasidan keyin yomonlashdi. Bu haqda 17 avgust kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Grossi ma’lum qildi. Uning bayonoti agentlikning rasmiy saytida e’lon qilingan. 

«Biz yana bir bor Zaporijjya atom elektr stansiyasining yadroviy xavfsizligiga tahdidlar kuchayib borayotganini ko‘rmoqdamiz va men yana bir bor barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqiraman», dedi Grossi. 

AEXA ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchoq olib kelgan portlovchi moddalar Dnipro elektr uzatish liniyasidan taxminan 100 metr masofada portlagan. Shu bilan birga, snaryadni aynan kim uchirgani haqida xabar berilmagan. Agentlikning qayd etishicha, hodisa natijasida qurbonlar yo‘q. Shuningdek, atom elektr stansiyasi uskunasiga zarar yetmagan, biroq elektr stansiyasining ikkita asosiy darvozasi orasidagi yo‘l shikastlangan. 

Ko‘proq yangiliklar: