O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi parvozlar geografiyasi kengaytiriladi 

O‘zbekiston 13:28 411

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Pokistonlik siyosatchi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati do‘stona va samimiy ahamiyat kasb etayotganligini qayd etdi. Oliy darajadagi muloqot aloqalarni jadal rivojlantirish imkonini berayotgani ta’kidlandi. Shu ma’noda O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vazirining joriy yildagi ShHT sammiti doirasidagi samarali uchrashuvini davlatlar yetakchilari o‘rtasidagi hamfikrlikning oliy namunasi bo‘lganligi e’tirof etildi.

"Oldimizda turgan asosiy vazifa – davlatlarimiz yetakchilarining kelishuvlarini aniq loyihalar shaklida ro‘yobga chiqishni ta’minlash. Faqat shu yo‘sindagi hamkorlik orqali mamlakatlarimiz taraqqiyot sari ildam odimlashi mumkin", - dedi Tariq Fotemi.

Maxsus yordamchi, shuningdek, iqtisodiy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratib, Transafg‘on temiryo‘li qurilishining tez muddatlarda boshlanishi muhimligini qayd etdi.

Bundan tashqari, Pokiston tomoni mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnovlarning qayta tiklanayotganini yuqori baholab, ikki davlat o‘rtasidagi parvozlar geografiyasini yanada kengaytirish zarurligiga urg‘u berdi.

Ikki davlat hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish orqali hududlararo aloqalarni jonlantirish va uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish tashabbusi ilgari surildi.

Ko‘proq yangiliklar: