24 avgust kuni O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bir guruh davlat va jamlat faollarini mukofotlashga doir prezident farmoni e’lon qilindi. Mazkur farmon bilan bir qator diniy soha vakillari ham taqdirlandi.
Farmonga ko‘ra, «xalqimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissalari» uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasining 3 nafar, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 4 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Xususan, «Imom Buxoriy» ordeni bilan:
- Naimov Alisher Abdurashidovich — Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibining o‘rinbosari, Quvasoy shahar bosh imom-xatibi;
- Usmanov Rahmatilla Ahmadovich — Qashqadaryo viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyati vakili;
- Elov Jobir Rustamovich — Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakili.
Bundan tashqari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 4 nafar vakili «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan:
- Kambarov A’zam Muhammadali o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi;
- Marupov Ilhom Islomovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi;
- Meliko‘ziyev Jahongir Valijonovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Xidirov Mirzohid G‘ayratovich — O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Olmazor tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi.