Hind vodiysi yozuvini o‘qiy olgan kishiga 1 mln dollar mukofot e’lon qilindi
Olimlar asrdan ortiq vaqt davomida sirli yozuvlarni o‘qishga urinib keladi.

Foto: Getty Images
Hindistonning Tamil Nadu shtati bosh vaziri Mudhuvel Karunanidhi Stalin Hind vodiysi yozuvini o‘qiy olgan kishiga 1 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi. Yozuv 100 yil oldin topilgan bo‘lsa-da, uning mazmuni hanuzgacha sir bo‘lib kelmoqda, deb xabar berdi BBC.
Yozuvni o‘qishga muvaffaq bo‘lganini da’vo qiluvchi odamlar muntazam ravishda olim Rajyesh Raoga xat jo‘natadi. Biroq bu xatlarning aksariyati yozuv sehr va dinga oid ma’no berishi haqidagi nazariyalarga asoslangan. Xatlarning hech birida hind yozuvidagi shriftlar savdo-sotiq uchun foydalanilgan tosh taxtachalarda ham uchrashi e’tiborga olinmagan.
Bir asrdan ortiq vaqt davomida arxeologlar, tilshunoslar va olimlar jumboqni yechishga urinib keldi. Ularning ba’zilari hatto yozuvni siyosiy yoki diniy ramzlardan iborat, deb ta’kidlagan. Jumboqni yechish bilan bog‘liq muammo shundaki, shriftlar nisbatan kam — taxminan 4 mingta, shuningdek, ularning deyarli barchasi kichkina buyumlarga bitilgan. Har bir yozuvning o‘rtacha uzunligi taxminan beshta belgi yoki ramzdan iborat bo‘lib, bu ham vazifani yanada murakkablashtiradi.
Hind sivilizatsiyasi bugungi Hindiston va Pokiston hududlarida 5300 yil avval vujudga kelgan. Uning to‘satdan inqirozga yuz tutishi sabablari hanuzgacha noma’lum. Biroq ushbu sivilizatsiyaning eng katta siri — yozuvi hisoblanadi.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

13:12 / 03.03.2025
Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi

12:40 / 03.03.2025