AQSh oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati ustidan nazorat boshqarmasi (FDA) Traumagel deb nomlangan yangi gel preparatini tasdiqdan o‘tkazdi. U kuchli qon ketishini bir necha soniyada to‘xtatishga qodir.
Preparat Bruklindagi Cresilon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Traumagel jarohatga bosim bermasligi va bir zumda ta’sir qilishi bilan jgut yoki doka bilan bog‘lash kabi an’anaviy usullardan farq qiladi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, gel xavfsiz, chunki uni qo‘llashda bemorning yarasi yoki qoniga bevosita tegilmaydi. Suv o‘tlari asosida yaratilgan preparat oldindan to‘ldirilgan shpritslarda yetkazib beriladi.
Traumagel AQShda foydalanishga ruxsat etilgan birinchi turdagi gel gemostatik vosita bo‘ldi. Jarohatga quyilganda gel qon ketishini tez to‘xtatadigan tabiiy qon laxtalari hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Preparat shu yilning o‘zida Amerika dorixonalarida sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.
Avvalroq Illinoys universiteti olimlari foydali ichak mikroflorasini buzmaydigan yangi antibiotik ishlab chiqqandi. Ushbu dori davolanish paytida nojo‘ya ta’sirlardan qochish imkonini beradi.