Jamiyat | 08:09 / 23.08.2024
3292
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada qarovsiz qolgan bola ota-onasi qaramog‘iga qaytarildi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bir guruh o‘zbekistonlik bolalar 14 avgust kuni Novosibirskdan vatanga qaytarilgandi. 

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimlari ko‘magi ostida Rossiyadan olib kelingan yana 1 nafar bola ota-onasining qaramog‘iga qaytarildi

Ular uchun o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazda qolgan 1 nafar bolani agentlik va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘z oilalariga qaytarish bo‘yicha tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid