Toshkent aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 18:14 / 22.08.2024 2794

21 avgust kuni Toshkent xalqaro aeroportida pnevmatik to‘pponcha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan «Sankt-Peterburg-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan xorij fuqarosiga tegishli bo‘lgan sumka bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning ichida pnevmatik qurol borligi aniqlangan.

«Yuklar ichidan bojxona nazorati uchun belgilangan tartibda taqdim etilmagan va ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona pnevmatik qurol va 290 dona shariklar (zoldir) borligi aniqlandi», deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: