Madeyra orolidagi yong‘in: Portugaliya YeIdan yordam so‘radi

Jahon 10:08 / 22.08.2024 1559

Portugaliya Yevropa Ittifoqi bo‘yicha hamkorlaridan Madeyra orolidagi YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan dafna o‘rmonini yo‘q qilib yuborishi mumkin bo‘lgan yirik o‘rmon yong‘inini o‘chirishda yordam so‘radi. «Yaqin soatlarda biz Yevropa Ittifoqining fuqarolik himoyasi mexanizmini ishga tushiramiz», — deya 21 avgust, chorshanba kuni Portugaliyaning Lusa axborot agentligi hukumatdagi manbasidan iqtibos keltirdi.

Madeyra orolidagi yong‘in 14 avgust kuni Ribeyra-Brava munitsipalitetida boshlangan, shundan so‘ng kuchli shamol tufayli u qo‘shni Kamara-di-Lobush va Ponta-du-Sol munitsipalitetlariga, avtonom viloyat poytaxtidan g‘arbga va Funshal dengiz porti tomonga tarqaldi. «Kopernik» sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 avgust holatiga ko‘ra, yong‘in natijasida orolning 4392 gektar maydoni yonib ketgan. 

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, olov tarqalishi xavfi tufayli 200 ga yaqin odam yong‘indan evakuatsiya qilingan. Halok bo‘lganlar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Mintaqaviy fuqaro muhofazasi xizmati prezidenti Antonio Nunes Portugaliyaning RTP radiosiga bergan intervyusida yong‘indan yetkazilgan zarar hali katta emasligini, ammo yong‘in shiddat bilan qo‘riqlanadigan o‘rmon hududiga yaqinlashayotganini aytdi. 

Ko‘proq yangiliklar: