JDU – zamonaviy kasblar uchun mutaxassislar yetishtiradi

Jamiyat 18:23 / 22.08.2024 8142

Japan digital university o‘qish 9 semestrdan iborat bo‘lib, o‘qish davomiyligi 4,5 yilni tashkil etadi. Oliygohda "IT menejment", "Turizm va ijtimoiy fanlar" kabi 2 ta fakultet mavjud. Talabalar muhandis-dasturchi, kompyuter grafikasi va dizayn, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, turizm, yapon tili bo‘yicha filologiya va tillarni o‘qitish kabi yo‘nalishlarda ta’lim olishlari mumkin.

JDU vasiylik kengashi raisi Haga Hiroaki talabalarning xalqaro tanlovlardagi natijalari haqida gapirdi:

“Universitetimiz O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yilda Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi mobaynida ilgari surilgan tashabbus asosida tashkil topgan. Bugungi kunda oliygohda 600 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Ilm-u toliblarimiz o‘qish mobaynida yapon tilini puxta o‘zlashtirib, yuqori natijalarni qayd etmoqda. Jumladan, 2023 yili o‘tkazilgan “Yapon tilidan notiqlik san’ati” hamda “Markaziy Osiyo yapon tili notiqlik san’ati” xalqaro tanlovlarida erishilgan yuqori natijalar shular jumlasidandir” dedi u.

Universitetda talabalarga yapon tili darslari chuqurlashtirilgan holda professional pedagoglar tomonidan o‘tiladi. Oliygohni tamomlagunga qadar talabalar intensiv yapon tili va ushbu tilda biznes muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishadi

“Talabalarimiz asosan yapon tilini o‘rganmasdan universitetga kirishadi. Dastlabki 6 oy davomida til o‘rganishadi va shundan keyin hamkor universitet – Yaponiyaning darslari qo‘shiladi.

Dars qilish uchun zallarda, o‘quv auditoriyalarida alohida xonalar bor, talabalar darsdan keyin bemalol o‘tirib, mustaqil o‘rganishlari mumkin” deb ta’kidladi universitetda faoliyat olib borayotgan mutaxassis.

Japan digital university’da talabalarning sifatli ta’lim olishi uchun barcha zarur sharoitlar hozirlangan. Ularning nafaqat aqliy jihatdan rivojlanishi, balki jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lishi uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.

Japan digital university Yaponiyadagi 5 ta nufuzli oliygoh va qator kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, uning doirasida talabalarga yaponiyalik professorlar tomonidan onlayn darslar o‘tiladi.

Japan digital university ta’sischisi hisoblangan DK kompaniyasining O‘zbekistondagi vakiliga ko‘ra, kompaniya ushbu universitet talabalarining IT bilimlarini chuqur o‘zlashtirishiga erishishga va o‘qishni bitirgandan so‘ng talabalarning Yaponiyadagi nufuzli va yuqori daromadli IT kompaniyalariga ishga kirishini ham ta’minlaydi.

Ushbu universitet talabalari o‘qish davomida o‘z sohasi bo‘yicha ish faoliyatini ham boshlab, amaliy tajriba to‘plash va mo‘maygina daromad topish imkoniyatiga ega. JDU’da qabul jarayonlari davom etmoqda. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni OTM ijtimoiy sahifalaridan olishingiz mumkin:

📩 BMBA (DTM) balli bilan hujjat topshirish

📥 JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun

📞 71-200-05-95

 Telegram |Instagram|Facebook|YouTube|Web site

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: