Rossiya Ukrainadagi Nyu-York posyolkasi egallanganini ma’lum qildi

Jahon 11:39 / 21.08.2024 4441

Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi Nyu-York posyolkasini egallab oldi. Bu haqda 20 avgust, seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi. «Markaziy kuchlar guruhi bo‘linmalarining faol harakatlari natijasida Ukraina qurolli kuchlari katta guruhi» mag‘lubiyatga uchradi va «Toretskdagi eng yirik aholi punktlaridan biri va strategik muhim logistika markazi qo‘lga olindi», deyiladi vazirlik bayonotida. O‘z navbatida, TASS davlat agentligining xabar berishicha, qishloqdagi «Ukraina qurolli kuchlari qarshilik ko‘rsatayotgan kam sonli markazlardan biri» Dzerjinskiy fenol zavodi bo‘lib qolmoqda.

Nyu-York posyolkasining ruslar tomonidan egallab olinishi haqidagi ma’lumotlarning mustaqil tasdig‘i yo‘q. Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan Ukrainaning DeepState OSINT-loyihasi 20 avgustga o‘tar kechasi Nyu-York uchun shiddatli janglar davom etayotgani haqida xabar berdi. DeepState xaritasida qishloqning shimolidagi kichik joylar kulrang zonada qolmoqda. 

Volodimir Zelenskiy vaziyatni «murakkab» deb atadi

«Ukrainskaya pravda» (UP) nashrining yozishicha, Ukraina qurolli kuchlari posyolka bir qismini nazorat qilishda davom etmoqda, Rossiya qo‘shinlari esa Nyu-York bir qismini bosib olgach, keyingi qishloq – Nelipovkaga o‘tishda davom etgan. Ukraina qurolli kuchlaridagi manba shunday dedi: «Nyu-York bizniki, 20 foizga yaqin hududni nazorat qilyapmiz. Rossiyaliklar ko‘p miqdordagi zaxiralar tufayli oldinga siljiyapti. Afsuski, bizda bunday zaxiralar yo‘q». «Ukrainska pravda»ning yana bir suhbatdoshi zaxira yetishmasligidan tashqari, kadrlar bilan bog‘liq muayyan muammolar ham borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York va qo‘shni Toretsk yo‘nalishida harbiylarning motivatsiyasi va o‘z pozitsiyasini tark etganlar nisbatan yuqori darajasi bilan bog‘liq muammolar mavjud. 

Prezident Volodimir Zelenskiy 20 avgust kuni frontning bu qismida vaziyat «murakkab»ligicha qolayotganini aytdi. 

Nyu-York posyolkasi Donetsk viloyatining Baxmut tumanida, Toretsk shimoli-g‘arbida joylashgan. Rossiya qo‘shinlari bu yerda 2024 yilning yozida hujum boshladi. 

Ko‘proq yangiliklar: