Dohada muzokaralar boshlanganidan beri G‘azoda 168 falastinlik halok bo‘ldi

Jahon 13:13 / 21.08.2024 966

Qatar poytaxti Dohada o‘t ochishni to‘xtatish va asir almashish kelishuvi bo‘yicha muzokaralar boshlangan 15 avgustdan beri Isroil armiyasining G‘azo sektori turli hududlariga uyushtirgan hujumlarida 168 falastinlik halok bo‘ldi, 456 nafari yaralandi

Qatar poytaxti Dohada G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va asirlarni almashish kelishuvi bo‘yicha muzokaralar boshlanganidan beri Isroil hujumlarini kuchaytirdi. 

Bu muzokaralarning borishi va o‘t ochishni to‘xtatish, asirlar almashinuvi, ko‘chirilganlarni qaytarish, G‘azoni qayta qurish va turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyatlari yuzasidan xavotir uyg‘otmoqda. 

Isroil hujumlarini kuchaytirar ekan, barchaning nigohi yangi muzokaralar ketayotgan Dohaga qaratilgan.

Otashkesim uchun xalqaro chaqiriqlarga qaramay, Isroil muzokaralar oldidan «xavfsizlikni ta’minlash» niqobi ostida hujumlarini davom ettirdi. Hujumlar va «ommaviy qotilliklar» sur’atini oshirib, Isroil Hamas va xalqaro hamjamiyatga uning talablarini qabul qilish uchun bosim o‘tkazmoqchi. 

15 avgust kuni muzokaralar boshlanganidan beri Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlarida «13 ta qirg‘inni» amalga oshirdi. Ushbu hujumlarda 168 falastinlik halok bo‘ldi va 456 kishi yaralandi. 

Ko‘proq yangiliklar: