Belarus Boltiqbo‘yi davlatlarini mamlakatning dengizga chiqishini to‘sib qo‘yganlikda aybladi

Jahon 14:00 / 21.08.2024 1680

Boltiqbo‘yi mamlakatlari ataylab Belarusning dengizga chiqish yo‘lini chekladi. Bu haqda Belarus Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anatoliy Glazning dekabr oyida Botsvanada bo‘lib o‘tadigan BMTning dengizga chiqish imkoniyati yo‘q rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha 3-konferensiyasida Belarus ishtiroki rejalari haqidagi savolga javobida aytilgan. 

20 avgust, seshanba kuni vazirlik matbuot xizmati diplomatning so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, BMT darajasida Belarus o‘zining dengizga chiqish yo‘li to‘sib qo‘yilgani masalasini qat’iy ravishda ko‘tarishni rejalashtirmoqda. 

Glaz Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Belarus prezidentiga BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun 3-konferensiyada ishtirok etishga taklif yuborganini eslatdi. 

«Belarus prezidenti o‘zining javob xabarida bizning qiziqishimizni tasdiqladi. Bu Belarus ham, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan boshqa mamlakatlar ham bir xil muammolarga duch kelayotgani bilan bog‘liq. Biz hammamiz qirg‘oq bo‘yidagi qo‘shnilarimizning harakatlariga bog‘liqmiz. Mamlakat BMT konvensiyasida nazarda tutilgan dengizga chiqish va tranzit huquqini cheklovchi bir qator davlatlar noqonuniy xatti-harakatlari oqibatlarini to‘liq boshdan kechirmoqda», — dedi diplomat. 

Shu munosabat bilan Minsk ushbu konferensiyada Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati darajasida bevosita ishtirok etishni rejalashtirmoqda va biz ma’lum davlatlarni mavjud huquqiy hujjatlar doirasida xalqaro majburiyatlarini bajarishga majburlash masalasini qat’iy ko‘tarish niyatidamiz, dedi Glaz. 

Belarus o‘zining qonuniy huquqlarini amalga oshirishda duch keladigan muammolarni munosib darajada aniq ko‘rsatish vaqti keldi, dedi TIV vakili.

Ko‘proq yangiliklar: