Samarqanddagi tog‘da adashib qolgan fuqaro qutqarildi

Jamiyat 10:12 / 20.08.2024 3617

Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi tog‘da adashib qolgan 18 yoshli yigit qutqarildi.

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, 2024 yilning 17 avgust kuni soat 21:25 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga bir fuqaro Samarqand tumani Mironqul mahallasidagi tog‘larda dam olish maqsadida chiqib, yo‘ldan adashib qolganini ma’lum qilib, pastga tushib olishda yordam so‘rab murojaat qilgan.

Xabarga asosan, qidiruv-qutqaruv ishlariga Maxsus vazifalarni bajaruvchi mintaqaviy qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari jalb qilingan. Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida 18 avgust kuni soat 01:30 da 2006 yilda tug‘ilgan fuqaro I.A Mironqul-Ohalik tog‘ining dengiz sathidan 1000 metr balandlikdan topilgan.

Ushbu fuqaroning xavfsizligi ta’minlangan holda tog‘dan pastga olib tushilgan. Fuqaroning sog‘lig‘i yaxshi, unga hech qanday tan jarohatlari yetmagan.

Ko‘proq yangiliklar: