Rishtonda Xitoy tajribasi asosida chinni buyumlar ishlab chiqarish rivojlantiriladi

Iqtisodiyot 11:29 / 20.08.2024 1695

Muloqot davomida Bosh konsulxona va Rishton tumani hokimligi hamkorligida Xitoyning janubiy provinsiyalaridagi yirik kompaniyalar ishtirokida bir qator loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Guangdong va Fujiang provinsiyalari tadbirkorlarini Rishton tumaniga biznes-missiyasini uyushtirish, Rishton tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Guandun provinsiyasiga tashrifini amalga oshirish, tumanning investitsiyaviy, turizm imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, chinni buyumlar, hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda bo‘yicha Xitoyning ilg‘or tajribasini o‘rganish to‘g‘risida fikr almashildi.

Rishton tumaniga Xitoydan kelayotgan turistlar sonini ko‘paytirish va tumanda o‘tkazilayotgan xalqaro festivallarda xitoyliklar ishtirokini ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘proq yangiliklar: