Maymunchechak epidemiyasi koronavirus kabi jiddiy muammo emas – JSST
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maymunchechak bilan qanday kurashishni bilishini ma’lum qildi.

Foto: Reuters
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) odamlar uchun xavfli bo‘lgan maymunchechak (mpox) virusi haqida yetarli ma’lumotlarga ega ekanligini va unga qarshi qanday kurashishni bilishini ma’lum qildi. Bu haqda Interfax yozdi.
«Maymunchechak — bu koronavirus kabi katta muammo emas», dedi JSST Yevropa mintaqaviy direktori Hans Kluge. «Biz maymunchechak bilan qanday kurashishni bilamiz», deb ta’kidladi u.
14 avgust kuni JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus maymunchechak tarqalishi sababli sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat e’lon qilgan edi.
Maymunchechak (mpox) - markaziy va g‘arbiy Afrikaning chekka hududlarida keng tarqalgan kam uchraydigan yuqumli kasallik. Uning belgilari ko‘ngil aynishi, isitma, toshma, qichishish va mushak og‘rig‘i. Yengil holatlarda kasallik odatda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va 14 dan 21 kungacha davom etadi.
O‘zbekistonda maymunchechak virus aniqlanmagan. Avvalroq, aeroportlarda maymunchechak kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilayotgani, jumladan, Sanitariya-karantin xizmati tomonidan tana harorati yuqori bo‘lgan yo‘lovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar o‘rnatilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025
AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi

23:03 / 11.02.2025
JSST bolalar uchun saratonga qarshi bepul dorilar tarqatish dasturini ishga tushirdi

22:22 / 05.02.2025