Jizzaxdagi bog‘chada 2 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Jamiyat 07:44 / 20.08.2024 3642

Jizzaxning Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar ommaviy zaharlandi, deb xabar bermoqda bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova.

Holat viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 2 avgust kuni bog‘chada tarbiyalanayotgan I.F. (qiz bola, 2020 yilda tug‘ilgan) va S.T. (qiz bola, 2019 yilda tug‘ilgan)ning tana harorati ko‘tarilgan. Ota-onasi tomonidan shifoxonaga olib borilganda, bolalar ovqatdan zaharlanish tashxisi bilan yuqumli kasalliklar bo‘limiga yotqizilgan.

Shuningdek, shu kunning o‘zida ushbu bog‘chada tarbiyalanayotgan qolgan 14 nafar bola ham yuqumli kasalliklar bo‘limida shifokorlarning kuzatuviga olinib, zarur muolajalar olgan. Ularga sog‘ligidan shikoyat aniqlanmagani tufayli uylariga javob berilgan.

Epidemiologik surishtiruv davomida bolalarga nonushta payti berilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: