Ikkita avtokorxona xususiylashtirilishi kutilyapti

Iqtisodiyot 07:35 / 19.08.2024 4877

Avto Climate Control 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati avtomobillar uchun isitish va sovitish tizimlarini ishlab chiqarishdan iborat. Ustav fondi 12 592,9 million so‘mni tashkil etadi.

“Avtokomponent” ham 2010 yilda tashkil etilgan bo‘lib, avtomobillarning turli butlovchi qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ustav fondi 969,5 million so‘mni tashkil etadi.

Davlat aktivini sotib oluvchilar uchun qo‘yiladigan shartlar:

  • korxonaning asosiy faoliyat turini aktivlar oldi-sotdi shartnomasi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng 10 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida saqlab qolish;
  • ushbu muddat davomida mahsulotlarning lisenziati bo‘lgan General Motors kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan yetkazib beruvchi bilan texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha litsenziya kelishuvlariga va General Motors texnologiyalari bilan bog‘liq texnologik jihozlardan foydalanish yuzasidagi Bosh Alyans kelishuvida o‘rnatilgan talablar va tegishli cheklovlarga qat’iy rioya qilish;
  • 2 yil mobaynida korxonada mavjud ish o‘rinlarini va ishchilar sonini saqlab qolish (tabiiy sabablar bilan bo‘shaydigan ish o‘rinlari bundan mustasno), amaldagi ish haqi fondi miqdorini kamaytirmaslik va jamoa shartnomasi shartlarini yomonlashtirmaslik.
Ko‘proq yangiliklar: