Fransiya: dahshatli jarohat va 45+30-daqiqadagi gol
«Reyms» – «Lill» 0:2
Gollar: 0:1 – 45+30 Diakite, 0:2 – 90+3 Devid.
«Reyms» – Diuf, Akeme, Agbadu, Okumu, Kone (Sangyui, 60), Munetsi, Kone, Atangana Edoa (Fofana, 72), Nakamura (Diakon, 72), Diakite (Hadra, 60), Ito.
«Lill» – Shevale, Ismaili (Gudmundsson, 83), Santush, Alessandro, Diakite, Mandi (Mene, 73), Gomes (Haraldsson, 44), Mukau (Buaddi, 72), Kabella (Mbappe, 87), Saxraui, Bayo (Devid, 46).
Ogohlantirishlar: Atangana Edoa (46), Ismaili (67), Mukau (71), Fofana (90+2).
Chetlatish: Kone (15).
Fransiya chempionatida o‘yin kuni «Lill» yarimhimoyachisi Gomesning qo‘rqinchli jarohati bilan yodda qoldi, u maydon markazida «Reyms» Kone bilan to‘qnashuvdan keyin hushidan ketdi, bu holat uchun raqib futbolchisiga qizil kartochka ko‘rsatildi. Angliyalik futbolchining yoniga yetib kelganlar darhol tibbiyot xodimlariga signal berishdi medikam, jamoadoshlari darhol uni bir yonga ag‘drishdi, chunki jabrlanuvchi bu holatda tilini yutib yuborgandi. Arbitr darhol o‘yinni to‘xtatishga qaror qildi gazonda yotgan Gomesga roppa-rosa yigirma daqiqa davomida yordam ko‘rsatildi.
Futbolchini maydondan zambilga solib olib ketishdi, keyin esa u shifoxonaga olib borildi. «Lill» matbuot xizmati Gomes shifoxonada o‘ziga kelganini xabar qildi. O‘yin esa 45-daqiqalarda qaytadan boshlandi, ungacha futbolchilar chigalyozdi mashg‘ulotlarini o‘tkazib turishdi. Shu tariqa, hisobni ochgan Diakitening goli qo‘shib berilgan 34 daqiqadan 30-daqiqasiga yozildi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa jamoaning asosiy to‘purari Devid hisobdagi ustunlikni mustahkamladi.
Angliya: Salohning yangi rekordlari
«Ipsvich» — «Liverpul» 0:2
Gollar: Jota (60), Saloh (65).
«Ipsvich» – Uolton, Devis, Grivz, Vulfenden, Tuanzebe (Smodich, 74), Luongo (Teylor, 65), Morsi, Hatchinson, Chaplin (Mayyers-Harness, 65), Berns (Jonson, 57), Delap (Al Hamadi, 74).
«Liverpul» – Alisson, Roberson (Tsimikas, 79), van Deyk, Kuansa (Konate, 46), Aleksander-Arnold (Bredli, 77), Mak Allister, Gravenberx, Dias, Soboslai, Saloh, Jota (Gakpo, 79).
Ogohlantirishlar: Vulfenden (6), Hatchinson (13), Berns (24), Gakpo (90+5).
Arne Slot allaqachon o‘zgacha ishni bajarib bo‘ldi, chunki XXI asrda hech kim, hatto Yurgen Klopp ham «Liverpul» boshqaruvidagi ilk rasmiy o‘yinida g‘alaba qozona olmagan. Buni uddalagan so‘nggi murabbiy 1998 yilda Jyerar Ule bo‘lgandi. Lekin 22 yillik tanaffusdan keyin APLga qaytgan «Ipsvich» maydoniga safar oson kechmadi. Qizillar ustunlik qilishdi, ammo «traktorchilar» o‘z qadrdon tribunalari qarshisida ilhom bilan o‘ynashdi va penalti ham ishlashdi. Faqat VAR aralashuvi mehmonlarni qutqarib qoldi, videohakamlar hujum bosqichlaridan biridagi ofsaydni payqashdi.
O‘yin asosiy vaqtining bir soati yakunlanayotganida esa Saloh Aleksander-Arnoldning pasidan keyin raqibning ofsayd «qopqoni»dan qochib qoldi va Diogu Jotani yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Muhammad Saloh keyingi golli hujumda ham ofsayd chizig‘ida harakatlandi va van Deykning diagonal uzatmasidan keyin ham, Soboslai bilan devor uslubida o‘ynaganida ham to‘g‘ri holatda ekani ma’lum bo‘ldi. Misrlik hujumchi besh daqiqa ichida liganing ikki rekordini yangiladi: endi u APLning birinchi turlari bo‘yicha eng yaxshi to‘purar (9 gol) va eng samarador futbolchi (14 ochko).
«Arsenal» — «Vulverhemton» 2:0
Gollar: Havers (25), Saka (74).
«Arsenal» – Rayya, Zinchenko (Timber, 69), Gabriel, Saliba, Uayt, Rays (Jyezus, 85), Parti, Edegor, Havers, Martinelli, Saka (Trossar, 80).
«Vulverhempton» – Sa, Ait-Nuri (Douson, 84), Gomesh, Moskera, Doerti, Lemina, Gomes (Sarabiya, 84), Gomesh (Podense, 75), Bellgard (Kunya, 57), Hvan Hi Chan, Larsen (Shikinyu, 84).
Ogohlantirishlar: Gomes (23), Gomesh (38), Saka (60), Jyezus (88).
Yil boshidan buyon Angliya chempionatidagi 20 o‘yindan 17 tasida g‘olib bo‘lgan «Arsenal» ham mavsumni ishonchli boshladi. «Emireyts»da kechgan bu o‘yinda barchasi oddiy kechdi. Saka birinchi bo‘limda ajoyib uzatma bilan to‘pni Haversning boshiga yetkazib berdi, tanaffusdan keyin esa o‘z uslubida qanotdan markazga ko‘chib, yaqin burchakka kuchli va aniq zarba yo‘lladi. Londonliklarga ikkinchi gol juda zarur edi, chunki hisob qaltis qolayotgan, «bo‘rilar» mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun imkoniyatlarga ega bo‘layotgandi. Masalan, birinchi bo‘limda mehmonlarning bir hujumi o‘ta xavfli chiqdi va mezbonlarni faqat Rayya qo‘lini to‘g‘ri qo‘ya olishi qutqarib qoldi. «Arsenal»ning bu yozdagi asosiy xaridi Kalafiori o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi, uning pozitsiyasida Zinchenko o‘rniga o‘tgan mavsumni og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan Timber tushirildi.
«Vest Hem» — «Aston Villa» 1:2
Gollar: Paketa (37, penalti) — Onana (4), Dyuran (79).
«Vest Hem» – Areolya, Emerson, Kilmen, Mavropanos, Tsoufal (Todibo, 85), Rodriges (Ingz, 85), Quddus, Paketa (Uord-Prouz, 74), Souchek, Bouen (Sammervill, 73), Antonio (Fullkrug, 73).
«Aston Villa» – Martines, Din (Matsen, 74), Pau Torres, Konsa, Kesh (Nedelkovich, 82), Tilemans, Onana, Makginn (Remzi, 62), Beyli (Filojin-Baydeys, 74), Rojyers, Uotkins (Duran, 62).
Ogohlantirishlar: Beyli (8), Paketa (31), Filojin-Baydeys (90).
Favoritlar orasida eng qiyin raqib «Aston Villa»da edi. «Vest Hem» o‘z maydonida kuchli o‘yin ko‘rsatadi, qolaversa «bolg‘achilar» bosh murabbiyi Hulen Lopetegi uchun bu ilk o‘yin edi. Onananing tezkor goliga mezbonlar Lukas Paketa ijrosidagi penalti bilan javob qaytardi, ushbu braziliyalik futbolchini o‘yinlar natijalariga pul tikish bo‘yicha firibgarlik uchun futboldan chetlatishmoqchi. Ammo bu borada surishtiruv ishlari davom etmoqda va APL londonliklarga uni qaydnomaga kiritish uchun ruxsat bergan.
Lekin uning goli durang uchun ham yetarli bo‘lmadi, Unai Emeri esa zaxira kuchlarni tashlash evaziga vatandosh hamkasbi bilan duelda g‘olib chiqdi. Aniqrog‘i, g‘alaba goli urilgan hujumda to‘rt futbolchi ishtirok etdi va barchasi qanotga diagonal uzatma bilan boshlandi, kartinadagi so‘nggi ikki shtrixni esa jokerlar chizishdi. Assistent rolidagi Jyeykob Remsi va to‘pga bir teginishda darvozani ishg‘ol etgan Duran. 20 yoshli kolumbiyalik APL o‘yinlarida atigi o‘n soatdan ortiqroq vaqt o‘tkazgan va o‘rtacha 103 daqiqa oralig‘ida bittadan gol urmoqda. Bu borada undan tezkorroq birgina futbolchi bor - har 85 daqiqaga bitta goli to‘g‘ri keluvchi Holand.
Ispaniya: 17 yoshlilar triosi
«Valensiya» — «Barselona» 1:2
Gollar: Duro (44) — Levandovski (45+5, 49 penalti).
«Valensiya» – Mamardashvili, Xesus Vaskes (Texon, 77), Gasorovski, Moskera, Korreyya, Gerra (Gilyamon, 86), Pepelu, Diyego Lopes (Fulke, 66), Rafa Mir (Otorbi, 77), Andre Almeyda (Dani Gomes, 66), Duro.
«Barselona» – ter Stegen, Balde (Martin, 64), Martines, Kubarsi (Kristensen, 64), Kunde, Kasado, Bernal (Erik Garsiya, 71), Ferran Torres (Pedri, 64), Rafinya, Yamal (Viktor, 86), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Pepelu (38), Vaskes (45+5), Kubarsi (45+2), Kristensen (69), Kunde (81).
«Barselona» bosh murabbiyi sifatidagi rasmiy debyutidan oldin Hansi Flik «Real» bilan raqobat to‘g‘risidagi savolga optimistik javob qaytardi: «Bizda sifat darajasi yuqori, futbolda esa barchasi g‘alaba yoki mag‘lubiyatga bog‘liq. Biz har bir o‘yinga tayyorlanamiz. Ixtiyorimdagi futbolchilardan ko‘nglim to‘q. Jarohatlanganlar ham qaytishsa, biz juda yaxshi — kuchli jamoa bo‘lishimizga ishonchim komil».
Gavi, Arauxo, Fati, Frenki de Yong (uni «MYu»ga qo‘yib yuborishmoqchi emas), Olimpiada qahramoni Fermin Lopes, Gundo‘g‘an (uning ketish istagi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalgan), nihoyat, Olmo... Ko‘k-anorranglilarda zaxira chindan ham yomon emas, masalan «Mestalya»dagi o‘yinda zaxiradan Pedri va Kristensen tushishdi. O‘yinning o‘zi esa «Barsa» uchun oson kechmadi. Birinchi bo‘lim oxirida gol o‘tkazib yuborgan kataloniyaliklar ko‘p o‘tmay ikkinchi golni qabul qilib olishi ham mumkin edi. Bu vaziyatda Kubarsi to‘pni darvoza chizig‘i ustidan qaytarib yuborib, qahramonlik ko‘rsatdi. Yosh himoyachining bu seyvi jamoani ijobiy natija uchun ilhomlantirdi, Baldening diagonal uzatmasidan keyin Yamal himoyachidan o‘zib ketgan Levandovskini golli pas bilan ta’minladi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa polyak hujumchi Rafinya ishlagan penaltini aniq ijro etib, dublni rasmiylashtirdi. Hozirda «Liverpul»ga transferi keng muhokama qilinayotgan Mamardashvili esa tribunalar tomonidan hushtakbozlikka uchragan sobiq valensiyachi Ferran Torres uchinchi golni urishiga yo‘l qo‘ymadi. «Barsa» o‘ta kuchli o‘yin ko‘rsata olmadi, ammo kerakli natijaga erishdi. Va bu tarkibda birdaniga uch nafar 17 yoshli futbolchi — Yamal, Kubarsi va Bernal o‘ynaganida ro‘y berdi. Qolaversa, 20 yoshli Kasado ham boshlang‘ich tarkibda debyut qildi.
Italiya: Vanoli «San-Siro»da g‘alabani ushlab qololmadi
«Jyenoa» — «Inter» 2:2
Gollar: Volyakko (20), Messias (90+6) — Tyuram (30, 85).
Aniq ijro etilmagan penalti: Messias (90+5).
«Jyenoa» – Gollini, de Vinter, Bani, Volyakko (Vaskes, 60), Aaron Martin, Zanoli (Sabelli, 71), Frendrup, Badel (Osayuki, 86), Malinovskiy (Torsbyu, 71), Vitinya, Messias.
«Inter» – Zommer, Bastoni, Acherbi, Bissek, Dimarko (Karlos Augusto, 75), Darmian (Dumfris, 66), Mxitaryan (Frattezi, 66), Chalxono‘g‘li (Torimiy, 75), Barella, Tyuram, Martines (Aslani, 86).
Ogohlantirishlar: Mxitaryan (16), Gollini (63), Aslani (90+9).
Chempionlar titul himoyasini Genuyada o‘ta qiyin o‘yin bilan boshladi, safar o‘yinida jamoa hisobda ortda borishiga to‘g‘ri keldi. Milanliklar o‘tkazib yuborilgan golga tezda javob qaytardi — Barella Tyuramning boshiga to‘pni qo‘ndirib berdi. Keyin esa muammolar boshlandi, Badel ikki bor neradzurrilarning ikkinchi goliga to‘g‘anoq bo‘ldi. Birinchi holatda, arbitr 11 metrlik nuqtani ko‘rsatganida, ishga VAR aralashdi. Videotakrorda «Jyenoa» sardori to‘pga o‘ynagani, keyin esa Tyuramning o‘zi raqibning oyog‘iga kelib urilganini ko‘rish mumkin edi. Mezbonlar darvozaboni Gollini Lautaro Martinesning zarbasini qaytarganida va to‘pga birinchi bo‘lib Dimarko yetib kelganida, uning zarbasi yo‘lida Badelning boshi chiqib keldi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limi ham voqealarga boy bo‘ldi. Hakam ikki marta «Inter»ning gollarini bekor qildi. Birinchi holatda so‘nggi pasni bergan Darmian yaqqol ofsaydda qolgan bo‘lsa, ikkinchi epizodda VAR laynsmenning xatosini tuzatib, Tyuramning yana bir golini hisobladi. Bu g‘alaba goli bo‘ladigandek ko‘ringandi, ammo qo‘shimcha daqiqalarda o‘z jarima maydoni ichida Bissek noto‘g‘ri harakatlanib, to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Zommer Junior Messias tepgan to‘pni to‘sgan bo‘lsa-da, braziliyalik qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelib, hisobni tenglashtirdi. Mavsumning ilk turidayoq sensatsiya kuzatildi. Bu so‘nggi 14 yil ichida amaldagi chempion ilk turda g‘alaba qozona olmagan ikkinchi holat bo‘ldi.
«Milan» — «Torino» 2:2
Gollar: Morata (89), Okafor (90+5) — Tiau (30, avtogol), Sapata (68).
«Milan» – Menyan, Tiav, Tomori, Kalabriya (Okafor, 83), Salemakers, Loftus-Chik, Binnosir (Reynders, 59), Pulishich (Musa, 73), Leau, Chukvueze (Teo, 60), Yovich (Morata, 60).
«Torino» – Milinkovich-Savich, Mazina, Koko, Voyvoda, Lazaro (Sazonov, 88), Bellanova (Dembele, 88), Ilich (Tamez, 71), Linetti, Richchi, Sapata (Karamo, 72), Sanabriya (Adams, 60).
Ogohlantirishlar: Richchi (45+3), Voyvoda (45+2), Yovich (57), Tamez (90), Dembele (90+7).
Futboldagi texnika hali mukammal emas. «San-Siro»da — Bellanovaning bosh bilan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p ustundan qaytdi, chiziq ustida turgan «Milan» himoyachisi uni uzoqlashtirdi — arbitr golni avtomatik qayd etish tizimidan signal olmadi. Lekin VAR xonasidagilar barchasini ko‘rib turishgandi va ular yetkazgan xabardan keyin arbitr maydon markazini ko‘rsatdi, gol «Milan» himoyachisi nomiga avtogol bo‘lib yozildi. Sapata ikkinchi bo‘limda «Torino»ning ustunligini oshirganidan keyin esa Paulu Fonsekaning milanliklar boshqaruvidagi ilk o‘yini muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydigandek ko‘rina boshladi.
Ammo murabbiy futbolchilarni almashtirish orqali barchasini o‘zgartirdi. Mehmonlar bosh murabbiyi Paolo Vanoli haqida unday deb bo‘lmaydi. «Spartak»ning sobiq bosh murabbiyi sobiq dinamochi Sazonovni maydonga tushirdi va bir daqiqa o‘tib undan o‘zib ketgan Morata «Milan»ni kurashga qaytardi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa zaxiradan tushgan yana ikki futbolchi hisobni tenglashtiruvchi golni tashkillashtirdi — Musa qanotdan to‘pni oshirib berdi, unga yetib kelgan Okafor to‘pni to‘sin ostidan darvozaga joyladi. Milan jamoalari bir xil hisobda durang bilan boshladi.
Germaniya: «Bayyer» oldingidek
«Bayyer» — «Shtutgart» 2:2
Gollar: Bonifase (11), Shik (88) — Miyo (15), Undav (63).
(Penaltilar seriyasi — 4:3).
«Bayyer» – Gradetski, Inkapie, Tapsoba, Andrix (Shik, 73), Terre, Adli (Virts, 73), Belosyan (Grimaldo, 84), Jaka, Aleish Garsiya, Tella (Frimpong, 73), Bonifase (Ta, 41).
«Shtutgart» – Nyubel, Mittelshtedt (Kretsig, 63), Shabo, Ruo, Shtensel (Kaytel, 83), Shtiller (Undav, 62), Karazor, Fyurix (Dil, 77), Miyo, Leveling (Mvumpa, 63), Demirovich.
Ogohlantirishlar: Shtiller (44), Jaka (60), Tapsoba (71), Demirovich (71), Miyo (78), Bonifase (80), Shtensel (82), Virts (85), Frimpong (86), Shabo (86).
Chetlatish: Terre (37).
«Bavariya» va «Borussiya» kabi boshqa top-klublar Germaniya kubogida quyi divizionlar vakillari bilan chigalyozdi o‘yinlarini o‘tkazayotgan mahalda, «Bayyer» va «Shtutgart» Superkubok uchun ajoyib o‘yin o‘tkazishdi. O‘tgan mavsumda ham ushbu jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvlari shiddatli kechgan, Leverkuzenda Xabi Alonso jamoasi o‘yin davomida ikki bor hisobda ortda borgan va 90-daqiqada g‘alabani ilib ketgan (3:2), shvablar maydonidagi o‘yinda esa chempionlar qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi (2:2). Bu o‘yinda ham jamoalar tezda gollar almashib olishdi va «Shtutgart» xavfliroq hujumlar uyushtirdi.
Faqat birinchi bo‘limning o‘zida darvoza to‘sini va ustunlari uch marta Gradetskiga yordamga keldi. Bundan tashqari, Terrening chetlatilishi «Bayyer»ning hayotini og‘irlashtirdi. Fransiya chempionatidan kelgan yangi futbolchi maydon markazida to‘pni jamoada saqlab qolishga urinib, Demirovichni qulatdi va «Shtutgart» 37-daqiqadayoq bir kishi ko‘p bo‘lib oldi. Ikkinchi bo‘limda maydonga jokerlar tushib kelishidan keyin bu ustunlik hisobda ham aks etdi — qanot bo‘ylab oldinga tashlangan Kretsigning uzatmasidan keyin Undav darvozani ishg‘ol etdi.
Ammo «Bayyer» hech qachon imkonsiz holatda qolmasligini yana bir bor namoyish etdi. Frimpong amalda bo‘sh darvozani ishg‘ol eta olmaganida ko‘pchilik jamoaning bu sehri yo‘qolgani haqida o‘ylay boshlagandi. Ammo ular hammasi joyida ekaniga amin bo‘lishdi — Grimaldo yana bir ajoyib uzatma berdi va so‘nggi daqiqalar qiroli Shik muvozanatni tikladi. Penaltilar seriyasida esa ruhiy ustunlik dorichilar tomonida edi va Gradetskining seyvi hamda Silasning xato zarbasidan keyin Leverkuzen Alonso boshqaruvidagi uchinchi sovringa ega chiqdi. Bu klub ungacha bo‘lgan tarixida qo‘lga kiritgan sovrinlardan bittaga ko‘proq.
Kun statistikasi
- «Marsel»ning yangi darvozaboni Ruli Pau Lopesdan ko‘proq penalti qaytarishi uchun 1 o‘yin yetarli bo‘ldi. Provansalliklar darvozaboni (Pele) 11 metrlik zarbani qaytarishi oxirgi marta 2019 yil dekabrida kuzatilgandi.
- «Parma» posboni Sudzuki A Seriya tarixidagi ilk yaponiyalik darvozabon bo‘ldi.
- Grinvud «Marsel» safida debyutida dubl qilib, bu borada Payyet va Suaresdan keyingi 3-futbolchi bo‘ldi.
- «Fiorentina» himoyachisi Biragi jarima zarbalarini 8-bor golga aylantirdi. A seriyada 2018/19 yillar mavsumidan buyon hech kim bunday natijaga erisha olmagan.
- «Sporting» hujumchisi Dekeresh Portugaliya chempionatining 13 o‘yinida kamida 2 tadan gol udi.
- 39 yosh-u 39 kun — «Everton» himoyachisi Eshli Yang APL o‘yinida maydondan chetlatilgan eng «keksa yoshli» futbolchi bo‘ldi.