Keng va qulay salon
Kia Sorento keng saloni tufayli katta oilalar uchun mos keladi. Ushbu krossoverning saloni o‘z segmentida eng keng hajmlilaridan biridir.
• Uch qator o‘rindiqlar yetti yo‘lovchi uchun qulaylikni ta’minlab, o‘rindiqlarni transformatsiya qilish imkoniyati ma’lum bir safar maqsadlariga qarab joylarni sozlab olish imkonini beradi.
• Yukxona hajmi uchinchi qatordagi o‘rindiqlar buklanishi tufayli 813 litrgacha kengayadi, tabiat qo‘yniga sayohat qilish yoki katta o‘lchamdagi yuklarni tashish uchun juda mos keladi.
• Sifatli materiallardan foydalangan holda premium toifadagi bezaklar yo‘lovchilar uchun yoqimli muhitni yaratadi.
Bundan tashqari, keng eshiklar va sozlanadigan o‘rindiqlar bolalarni o‘tqazish va bolalar o‘rindiqlarini o‘rnatishni osonlashtiradi. Darvoqe, ular uchun maxsus mahkamlagichlar ko‘zda tutilgan. O‘zining kengligiga qaramay, Sorento o‘rta o‘lchamli krossover bo‘lib qolmoqda va uning ruli yonida yirik yoki ixcham haydovchi o‘zini qulay his qilishi mumkin. Ya’ni bu haqiqatan ham butun oila uchun mos keladigan avtomobil.
4WD tizimi mavjudligi
Kia Sorento intellektual boshqaruvli to‘liq yuritma tizimga ega. To‘liq yuritma nafaqat asfalt qoplamada, balki yanada murakkab sharoitlarda ham sayohat qilish imkonini beradi. Gruntli yo‘llar, dasht yo‘llari, tog‘larga safarlar va hatto yo‘l qoplamasi bo‘lmagan joylarga safarlar – bularning barchasi Sorentoʼning to‘liq yuritma tizimi tufayli qulay bo‘ladi.
Qulaylik va ko‘ngilochar texnologiyalar
Kia Sorento har bir safarni qulay va yoqimli qiladigan zamonaviy yuqori texnologiyali yechimlar bilan jihozlangan:
• Egilgan monitor (Raqamli qurilmalar paneli 12-dyuymli + egilgan displeyga ega multimedia tizimi 12-dyuymli) haydovchiga axborot uchun diqqatini to‘liq jamlash imkonini beradi.
• Uzoq sayohatlar uchun har bir qator o‘rindiqlarda USB ulagichlar mavjud bo‘lib, mobil qurilmalaringiz doimo quvvatlangan holda bo‘lishini ta’minlaydi.
• Orqa qator o‘rindiqlarga havoni taqsimlash funksiyasiga ega ikki hududli iqlim-nazorat tizimi barcha yo‘lovchilar uchun qulaylikni ta’minlaydi. Istalgan ob-havoda mos keladigan mikroiqlimni sozlash imkoni mavjud.
Yuqori darajadagi xavfsizlik
Xavfsizlik oilaviy avtomobil uchun eng muhim talab hisoblanadi. Kia uchun esa xavfsizlik asosiy ustuvor vazifa bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, Kia Sorento esa ushbu talablarga to‘liq javob beradi.
• Frontal to‘qnashuvlarning oldini olish (FCA), adaptiv kruiz-nazorat va yo‘l qismida ushlab turish (LKA) kabi haydovchiga yordam berishning ilg‘or tizimlari (ADAS).
• avtomobil ko‘rinmas hududda bo‘lsa (BCA), avtoturargoh joyidan orqa tomonga yurganda to‘qnashuvning oldini olish tizimi (PCA) yo‘lda ishonchlilikni ta’minlaydi. Bunday foydali yordamchilar to‘plami Sorentoʼda talaygina.
• Yevropada Euro NCAP, AQShda esa IIHS tomonidan o‘tkazilgan krash-test natijalari bo‘yicha yuqori reytinglar xavfsizlik haqida o‘ylaydiganlar uchun an’anaviy ravishda muhimdir. Sorentoʼda xavfsizlik reytinglari maksimal darajada yuqori.
• Sorento 7 ta xavfsizlik yostiqchalari, shu jumladan barcha yo‘lovchilarni himoya qilishni ta’minlaydigan yon pardalari bilan jihozlangan. Hozir bu tizim bilan hayratga solish qiyin, ammo eslatish zarar qilmaydi, chunki xavfsizlik yostiqchalari insonlarni himoya qilishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
• Konstruktiv darajadagi puxta o‘ylanganlik – Sorento kuzovi insonlarni ishonchli va mustahkam kuch tuzilmasi o‘rab turadigan qilib ishlab chiqilgan. Uning elementlari zamonaviy yuqori mustahkam po‘latlardan tayyorlangan. Avariya holatida bunday "karkas" himoyani ta’minlaydi, zarba energiyasi esa dasturlashtirilgan deformatsiya hududlari bo‘ylab tarqaladi.
Ko‘rsatilgan xususiyatlarning barchasi Kia Sorentoʼni o‘z sinfidagi eng xavfsiz avtomobillardan biriga aylantiradi.
Ishonchlilik
Sorentoʼda nafaqat eng yangi texnologiyalar, balki yillar davomida sinovdan o‘tgan texnik yechimlar ham qo‘llangan – axir mazkur krossover dunyoning barcha mintaqalarida, modellar avlodidan avlodiga o‘tib, yanada mukammal va ishonchli bo‘lib, mijozlarning ishonchini qozonishi bejiz emas. Eng yaxshi yechimlar avtomobilning zamonaviy avlodiga moslashtirilgan, to‘plangan barcha tajriba hisobga olingan. Bundan tashqari, Kia o‘zining barcha modellariga juda uzoq muddat – 5 yil kafolat berishi avtomobil egalariga qo‘shimcha xotirjamlikni ta’minlaydi. Va bu bejiz emas – Kia avtomobillari o‘zining ishonchliligi bilan shuhrat qozongan.
Chiroyli dizayn va hashamat
Kia Sorento funksionallikni zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtiradi. Uning qudratli va nafis tashqi ko‘rinishi haydovchiga zavq beradi, o‘ziga xos uslubli detallari va intererning a’lo sifati esa premium darajadagi taascurotni yaratadi. Bunday avtomobilda sayohat qilish nafaqat qulay, balki estetik jihatdan yoqimli ham.
Sorento bu — oila uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy xususiyatlar: xavfsizlik, qulaylik, kenglik, ilg‘or texnologiyalar va yillar davomida o‘zini isbotlagan yechimlarni birlashtirgan avtomobil. Mazkur avtomobilni tanlab, siz kundalik hayot va yorqin sayohatlar uchun ishonchli hamkorga ega bo‘lasiz. U sizga nafaqat yordam beradi, balki hayotingizni iloji boricha qiziqarliroq o‘tkazishga ilhomlantiradi. Ham siz uchun, ham butun oilangiz uchun. Axir Kia uchun "Ilhom baxsh etadigan harakat" shior tanlanishi bejiz hisoblanmaydi.
Kia Sorento bu – shunchaki avtomobil bo‘lib qolmay, balki butun oila uchun ertangi kunga ishonchidir.
Mavjud bo‘lgan komplektatsiyalarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish uchun veb-sayt, Telegram-bot orqali, Kia dilerlik markazlarida yoki quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin: (+998) 55-500-83-33.
Sayt | Facebook | Instagram | Telegram | Telegram-bot | YouTube
Reklama huquqi asosida