Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Malayziyaga parvoz qilgan samolyotida o‘g‘rilar ushlandi
Yo‘lovchilarning buyumlarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar ushlanib, Malayziya politsiyasiga topshirilgan.

Foto: Kun.uz
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024 yil 15 avgust kuni Toshkent – Kuala-Lumpur (Malayziya) yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirgan qatnovida (HY553) yo‘lovchilarning qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlashga urinish sodir bo‘ldi. Bu haqda aviakompaniya xabar berdi.
Qayd qilinishicha, samolyot Kuala-Lumpurga yetib borgach, havo kemasi ekipaji tomonidan [yo‘lovchilarning buyumlari yo‘qolgani yuzasidan] politsiya chaqirilgan. So‘ngra politsiya havo kemasini ko‘zdan kechirgan. Shunda [yo‘qolgan] buyumlar topilgan. [O‘g‘rilikda] gumon qilingan chet el fuqarolari ushlangan va vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Malayziya poytaxti politsiya xizmatiga olib ketilgan.
Aviakompaniya yo‘lovchilarning qo‘l yuki uchun javobgar emasligini, qimmatbaho buyumlar va pul mablag‘lari har doim yo‘lovchining o‘zida turishi kerakligini eslatmoqda. Bundan tashqari, jomadonlarni qat’iy ravishda o‘rindiq tepasida joylashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq, rossiyaliklar Uzbekistan Airways reyslarida o‘g‘rilar paydo bo‘lgani haqida shikoyat qilgani haqida xabar berilgan edi. Ularning ta’kidlashicha, tungi reyslarda xitoyliklar boshqa yo‘lovchilarning pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlamoqda.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya kansleri: «Biz tinchligimizga jiddiy tahdidni ko‘rmoqdamiz - va bu Rossiya»
Jahon | 19:17
-
Astronomer kompaniyasi rahbari Coldplay konsertidagi hodisadan keyin ishdan ketdi
Jahon | 17:25
-
Ukrain dronlari hujumi sabab Moskva osmoni to‘liq yopildi
Jahon | 16:34
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
Mavzuga oid

18:29 / 08.07.2025
Meksikada tonnalab oltin va kumush ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

18:26 / 08.07.2025
«Tur de Frans» velopoygasida o‘g‘irlangan velosipedlar Rossiyada sotuvga chiqdi

16:04 / 27.06.2025
Los-Anjyelesda Bred Pittning uyiga o‘g‘ri tushdi

12:13 / 25.06.2025