Toshkent aeroportida 20 yoshli qiz fohishalik uchun Dubayga olib ketilayotgani aniqlandi

Jamiyat 08:24 / 16.08.2024 23248

Toshkent viloyatida 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.

Viloyat IIBB xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi yigit A.R. (2004 yilda tug‘ilgan) o‘ziga tanish bo‘lgan 20 yoshli qiz S.T.ni aldab, katta daromad topishga ishontirgani aniqlangan.

A.R. qizni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun jo‘natayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Yigit qizni jo‘natayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 ming dollar olgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: