Iyun oyida qirol Charlz III ning tasviri tushirilgan 5, 10, 20 va 50 funt sterling banknotalari muomalaga chiqarilgan edi. Auksionga qo‘yilgan banknotalar jamlanmasining har biri 000001 bilan tugaydigan seriya raqamlarga ega bo‘ldi — boshqa raqamli yuzlab banknotalar ham savdoda o‘z egalarini topdi. Birgina HB01 000002 seriya raqamli 10 funt sterlingli banknota savdolar davomida 17 ming funtga sotildi.
Boshqa bir lotda 50 funtli 40 ta kupyura jamlanmasi (2 ming yevro) esa 26 ming funtga sotildi — bu Angliya banki tomonidan o‘tkazilgan auksionlardagi rekord natijadir.
Londondagi Spink auksion uyi tomonidan tashkil etilgan to‘rtta savdo davomida jami 914 ming 127 funt sterling foyda ko‘rildi. Kolleksionerlar seriya raqamlari 000001 ga maksimal darajada yaqin banknotalarni qidirmoqda, shu boisdan ham to‘lanayotgan pullar qiymati yuqori.
Iyun oyida banknotalar muomalaga kiritilganida, Pochta bo‘linmasi kolleksionerlar erta tongdan tashrif buyura boshlaganini ma’lum qilgandi. Banknotalarda imzosi turgan Angliya bankining bosh kassiri Sara Jon bu qadar «hayratlanarli» mablag‘ yig‘ilganidan xursand ekanini ma’lum qildi.
To‘plangan mablag‘lar bank tomonidan tanlangan 10 ta xayriya tashkiloti o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ta’kidlash kerakki, bu Angliya banki banknotalaridagi monarxning birinchi marta almashishi hisoblanadi, chunki qirolicha Yelizaveta III 1960 yildan beri banknotalarda muntazam tasvirlanib kelayotgan birinchi monarx edi. Shotlandiya banknotalarida esa monarx tasvirlanmagan.