Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Alisher Navoiy ko‘chasidagi 37-ko‘p qavatli uyning fasad qismidagi marmar ko‘chib, fuqarolardan birining Gentra avtomobili oynalarini sindirdi.
Ta’kidlanishicha, bu birinchi holat emas. Atrofdagi boshqa binoda ham marmarlar tez-tez ko‘chib tushayotgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, binoning pastki qavatlarida o‘quv markazlari mavjud.
“Sentyabr oyidan abituriyentlar bu yerda gavjum bo‘ladi. Bu masalani tegishli mas’ullarga yetkazishda yordam bering. Marmarlar tushib, kimningdir boshini yemasin”, — deyiladi Kun.uz’ga yuborilgan murojaatda.
Aholi bu masalaga mas’ullarni e’tibor qaratishga chaqirgan.