Toshkent viloyatida 3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 10:30 / 11.08.2024 3513

11 avgust kuni episenti Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan zilzila qayd etildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring markaziga ko‘ra, soat 04:56 da ro‘y bergan zilzila episentri Toshkentdan 65 km shimoli-sharqda, Parkent tumani hududida bo‘lgan. Yer silkinishi magnitudasi 3,1 ni tashkil etgan.

Zilzila koordinatalari: 41,42 gradus shimoliy kenglik, 69,97 gradus sharqiy uzunlik. Chuqurlik – 15 km.

Ko‘proq yangiliklar: