Parij-2024. Futbol, ayollar. AQSh Braziliyani mag‘lub etib, 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi

Sport 00:38 / 11.08.2024 3124

Fransiyada erkaklar o‘rtasidagi futbol bahslaridan keyin bugun, 10 avgustda ayollar o‘rtasidagi futbol turniriga ham yakun yasaldi.

Musobaqa AQSh milliy jamoasining chempionligi bilan yakunlandi. Braziliya va AQSh ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tgan finalda Pyu-Svonsonning 57-daqiqada kiritgan yagona goli amerikaliklarga oltin medallarni taqdim etdi.

Shu tariqa, AQSh ayollar jamoasi o‘z tarixida 5 karra Olimpiada chempioniga aylandi. Amerikaliklar Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medaliga ega chiqqandi.

Joriy turnirda Braziliya kumush medaliga ega chiqqan bo‘lsa, bronza uchun bahsda Germaniya Ispaniyadan ustun keldi (1:0).

Eslatib o‘tamiz, erkaklar o‘rtasidagi turnir finali Ispaniyaning chempionligi bilan yakunlagan edi.

Parij-2024. Futbol. Ayollar. Final

Braziliya – AQSh 0:1

Gol: 0:1 – 57 Pyu-Svonson.

Braziliya – Lorena, Tais, Tarsiane, Lauren (Rafael, 84), Yasmim, Sampayo (Anjyelina, 61), Yaya (Vitoriya, 50), Adriana, Lyudmila (Marta, 61), Jyeniffer (Prissila, 61), Portilo.

AQSh – Neer, Dann, Devidson (Sonnett, 74), Girma, Foks, Albert, Koffi, Pyu-Svonson (Kryuger, 90+5), Xoran, Rodman, Smit (Uilyams, 84).

Ko‘proq yangiliklar: