Olimpiada-2024 futbol bahslari finalida Ispaniya mezbon Fransiyani mag‘lub etib, turnir chempioniga aylandi.
Uchrashuvda fransuzlar hisobni ochgan, so‘ng ispanlar uchta gol bilan javob bergan bo‘lsa-da, mezbonlar o‘yinning asosiy vaqtida hisobni tenglashtirishdi – 3:3. Mateta 90+3-daqiqada penaltidan gol urdi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda esa Kamelo dubl qayd etib, Ispaniyaga chempionlikni keltirdi. Shu tariqa, ispanlar ketma-ket ikki bor turnir finalida o‘ynab, ikkinchisida oltin medalga ega chiqishdi. «Qizil furiya» musobaqani O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alaba (2:1) bilan boshlagandi.
Parij-2024. Final
Fransiya U-23 – Ispaniya U-23 – 3:5
Gollar: 1:0 – 11 Miyo, 1:1 – 18 Lopes, 1:2 – 25 Lopes, 1:3 – 28 Aleks Baena, 2:3 – 79 Akliush, 3:3 – 90+3, penalti Mateta, 3:4 – 100 Kamelo, 3:5 – 118 Kamelo.
Fransiya U-23 – Rest, Tryuffer (Loko, 90), Lukeba, Bade, Sildiyya (Sherki, 111), Shotar (Akliush, 52), Kone (Magassa, 105), Miyo (Due, 78), Olise, Lyakazett (Kalimuendo, 52), Mateta.
Ispaniya U-23 – Tenas, Miranda (Migel Guterres, 98), Kubarsi, Erik Garsiya, Pubil (Xuanlu Sanches, 73), Aleks Baena (Turrentes, 83), Barrios, Serxio Gomes, Lopes (Bernabe, 73), Oros (Pacheko, 88), Abel Ruis (Kamelo, 83).
Ogohlantirishlar: Kone (36), Bade (45+5), Bernabe (76), Aleks Baena (78), Miranda (90+2), Pacheko (94).