Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beepul UZCARD xavfsizlik tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tdi
Beepul moliyaviy mobil ilovasi UZCARD to‘lov tizimi standarti «UZCARD TTda axborot xavfsizligiga talablar» doirasida tashkiliy texnik tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ilova ma’lumotlariga ko‘ra, Beepul foydalanuvchilarining 50% dan ortig‘i UZCARD bank kartalarining egalari hisoblanadi.
Tashkiliy texnik tekshiruv (TTT) — bu «Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ tomonidan to‘lov tashkilotlari axborot tizimlarining UZCARD to‘lov tizimiga (TT) ulanishda belgilangan axborot xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash uchun o‘tkaziladigan kompleks tekshiruvdir. TTTdan muvaffaqiyatli o‘tish Beepul tomonidan foydalanuvchilar uchun xavflarni minimallashtiruvchi va ularning mablag‘larini ilovada va ushbu ilova yordamida amalga oshiriladigan operatsiyalar paytida UZCARD to‘lov tizimidan foydalanishda xavfsizligini ta’minlovchi ishonchli himoya choralari joriy etilganligini tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 1 noyabrdagi «To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida»gi 578-sonli Qonuniga muvofiq, «YaUPM» AJ UZCARD to‘lov tizimi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda axborot xavfsizligi talablariga va to‘lov tizimining uzluksiz ishlash chora-tadbirlariga rioya etilishini ta’minlaydi. YaUPM AJning xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislari Beepul UZCARD’ning barcha belgilangan talablari va qoidalariga muvofiqligini, shu jumladan ma’lumotlarni himoya qilish, kiberhujumlarning oldini olish va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni, shuningdek, to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur tartiblar va boshqaruv tuzilmasining mavjudligini aniqladilar.
«Foydalanuvchilar xavfsizligi — bizning ustuvor vazifamizdir», — deydi Beelab IT direktori Timur Barabanov, — «UZCARD dasturiy ta’minotida axborot xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar» UZCARD standarti bo‘yicha texnik tekshiruvdan o‘tish Beepul uchun muhim bosqich bo‘lib, foydalanuvchilarimiz uchun moliyaviy himoyani ta’minlash bo‘yicha ishlarimizni namoyish etadi. Biz zamonaviy standartlarga javob berish va foydalanuvchilarimizga to‘lovlarni amalga oshirishda xotirjamlikni ta’minlash uchun xavfsizlik tizimlarimizni doimiy ravishda takomillashtirmoqdamiz».
2024 yilda Beepul va UZCARD O‘zbekistonda kontaksiz to‘lovlarni, jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish va servis sohasi tadbirkorlari hamda aholi o‘rtasida TezQR tizimini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha memorandum imzoladi. Ilova tahlilchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda fintex xizmati foydalanuvchilarning 50 foizdan ortig‘i UZCARD bank kartalarining egalari hisoblanadi.
«YaUPM» AJ UZCARD bank kartalari egalarining moliyaviy operatsiyalarini himoya qilishni ta’minlash uchun muntazam ravishda texnik tekshiruvlarni o‘tkazadi. Kompaniya zamonaviy standartlarga javob berish va to‘lovlarni amalga oshirishda xotirjamlikni ta’minlash uchun xavfsizlik tizimini doimiy ravishda takomillashtirib boradi.
***
Beepul xizmati haqida
Beepul O‘zbekiston Respublikasida 700 dan ortiq xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish uchun universal yordamchi hisoblanadi. Kommunal to‘lovlar, mobil aloqa, internet, onlayn xizmatlar uchun to‘lovlar, ta’lim va tibbiy xizmatlar uchun shartnomalar va boshqa imkoniyatlar bitta ilovada va mobil telefonda bir nechta harakat orqali mujassam. Beepul O‘zbekistondagi barcha aloqa operatorlari mijozlariga kartalar o‘rtasida tezkor pul o‘tkazmalarini, to‘lovlarni boshqarish va yagona sodiqlik dasturini taklif etadi: barcha tranzaksiyalar uchun BEEP-bonuslari taqdim etiladi. Avtomatik to‘lovlar, bonus dasturlari va Beeline Uzbekistan eksklyuziv takliflaridan foydalaning. Beepul bilan qulay, tez va xavfsiz to‘lang.
AppStore va Google Play orqali Beepul’ni yuklab oling.
Telegram: @beepuluzb
Facebook: @beepul.uz
***
Milliy to‘lov operatori haqida
«Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ (UZCARD savdo belgisi) — O‘zbekiston Respublikasining yetakchi milliy to‘lov operatori hisoblanadi.
Kompaniya ekvayring faoliyatini, elektron to‘lovlarni qayta ishlashni ta’minlaydi, shuningdek, tijorat banklari, to‘lov agregatorlari va bozorning boshqa ishtirokchilarini birlashtiruvchi provayder vazifasini bajaradi.
Kompaniya faoliyatining asosiy maqsadi — ishonchli, xavfsiz xizmat ko‘rsatish, shuningdek, mijozlar va foydalanuvchilar uchun yangi mahsulot va xizmatlarni doimiy joriy etish va rivojlantirish orqali nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda yetakchi to‘lov tizimi va fintex-hamkorini yaratishdan iborat.
Bugungi kunda UZCARD tijoriy banklarni yagona dasturiy platformaga asoslangan yagona to‘lov maydonida birlashtirib, to‘lov kartalari loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirishda banklarning o‘zlariga markazlashtirilgan yordam ko‘rsatish, moliyaviy, texnik va boshqa resurslarni tejashni ta’minlashga ko‘maklashmoqda.
***
Kompaniya haqida
«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan brendi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya)da joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya holdingi tarkibiga kiradi.
VEON global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi bo‘lib, dunyoning olti dinamik rivojlanib borayotgan mamlakatida 160 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.
Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritdi. «Unitel» MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline SB ostida O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38