Toshkent xalqaro aeroporti uchish zalining «steril» hududi yana 2 ming kvadrat metrga kengaytirildi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Loyihaga ko‘ra, ushbu zalda o‘rindiqlar bilan jihozlangan keng kutish hududi hamda «fud-kort» tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha zalning qurilishi umumiy jo‘nash zalini B5-B6-B7 chiqish yo‘laklari bilan ulash imkonini berdi. Bundan tashqari, keyinchalik kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar oqimini ajratib turuvchi alohida galereya va pastki zaldan bortga chiqish yo‘laklarini ochish mumkin bo‘ladi.