«Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi» tashkil etiladi

Iqtisodiyot 19:03 / 07.08.2024 2300

«Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, «Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etiladi. Markaz faoliyatini boshqarish «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi» unitar korxonasiga yuklatiladi.

Markaz hududiga sanoat korxonalarini ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali sanoat kooperatsiyasi kengaytiriladi.

Markaz hududida faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ishlab chiqarish sertifikati nazorati ostida realizatsiya qilinadi.

Qozog‘iston va u orqali keluvchi chet el fuqarolari uchun Markaz hududiga maxsus nazorat o‘tkazish punkti orqali vizasiz tartibda, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kirish, 15 kun mobaynida hududda bo‘lish va kirgan nazorat punkti orqali chiqish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ko‘proq yangiliklar: