Iyul oyida ba’zi hududlarda harorat me’yordan yuqori bo‘ldi - «O‘zgidromet»

O‘zbekiston 19:05 / 07.08.2024 3373

2024 yil iyul oyida o‘rtacha oylik harorat ko‘p yillik qiymatlarga yaqinlashdi, markaziy hududlarning qator qismida me’yordan 1-1,7 daraja yuqori bo‘ldi. Bu haqda «O‘zgidromet» xulosa berdi.

Qayd qilinishicha, iyul oyining katta qismida harorat tartibi juda qulay bo‘lgan, bunday holat O‘zbekistonda yoz fasli o‘rtasi uchun xos emas.

Respublika hududining katta qismida kunduzgi havo harorati 32-37 daraja atrofida bo‘ldi. Faqat respublika janubida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo kunduz kunlari 39-41 darajagacha isidi.

Iyul oyi uchinchi o‘n kunligidan boshlab havo harorati ko‘tarila boshladi. Mksimal qiymat 38-41 darajaga, cho‘l hududlari janubida 42-44 darajaga, O‘zbekistonning eng janubiy nuqtasi - Termiz shahrida esa 45-46 darajaga yetdi. 25-28 iyul kunlari issiq eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi. Oyning oxirgi kunlarida harorat biroz pasaydi.

Ta’kidlanishicha, iyul oyida O‘zbekistonning barcha hududlarida maksimal havo harorati rekord ko‘rsatkichlardan past bo‘lgan. Misol uchun, Toshkent shahrida maksimal ko‘rsatkich 40,6 darajani tashkil qilgan (rekord ko‘rsatkich 44,6 daraja bo‘lib, 1997 yilda qayd etilgan).

Maksimal harorat 40 daraja undan yuqori bo‘lgan kunlar soni hududlarning katta qismida 1-3 tani, cho‘l hududlarda 4-7 tani tashkil etgan. Maksimal harorat 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan eng ko‘p kunlar soni dasht hududida (Muborak, 11 ta) va eng chekka janubda (Termiz, 15 ta) kuzatilgan.

Iyul oyida maksimal havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan kunlar soni so‘nggi 10 yil ichida eng kam bo‘lgan.

Odatda yozning o‘rtalarida kuzatilgani kabi, iyul oyida yomg‘ir juda notekis va kam yog‘gan. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar tez-tez yog‘gan.

Qoraqalpog‘istonning Chimboy hududida kuchli jala eng g‘ayrioddiy hodisa bo‘lgan. 7 iyul kuni 2 soat 40 daqiqada 23 mm yomg‘ir yog‘gan - bu ushbu hudud uchun rekord ko‘rsatkich (ilgari 14 mm bo‘lgan).

Respublika shimolida va cho‘l hududlarida ayrim kunlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, Bekobodda 22-25 m/s gacha kuchaygan, ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilgan, ko‘rinuvchanlik 1 ming metrgacha yomonlashgan.

Navoiyda 7 iyul kuni shamol tezligi 35 m/s ga yetgan. Bu ushbu hudud uchun rekord ko‘rsatkichning takrorlanishidir.

Jizzax, Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida jala yomg‘irlar yog‘ishi oqibatida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: