Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Bostvana Respublikasi tomonidan iyun oyida bo‘lib o‘tgan Tinchlik sammiti yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunike imzolanganini olqishladi.
«Men Botsvana Respublikasi tomonidan Tinchlik sammitining qo‘shma kommyunikesi imzolanganini olqishlayman. Biz do‘stona munosabatlarimizni hamda Botsvananing global xavfsizlik va barqarorlikni saqlashga qo‘shgan salmoqli hissasini yuksak qadrlaymiz», — deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
Davlat rahbari Botsvana o‘z harakatlari bilan xalqaro huquqqa, BMT Nizomining maqsad va tamoyillariga, shuningdek, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash, adolatli dunyoni tiklashga qaratilgan sa’y-harakatlarini yaqqol namoyon etishini ta’kidladi.
«Bir davlatning umumiy tamoyillarini himoya qilish orqali biz ularni hamma uchun himoya qilamiz va dunyoning barcha tinchliksevar xalqlarini mustahkamlaymiz», — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.