Venesuelalik muhojirlar Argentina, Kolumbiya va Chili poytaxtlari maydonlarida to‘planib, o‘z mamlakatlaridagi saylovlar «soxtalashtirilgan»ligini da’vo qilishdi.
Venesuela milliy saylov kengashi (CNE) tomonidan e’lon qilingan prezidentlik saylovi natijalariga qarshi Venesuela bayroqlarini ko‘tarib olgan yuzlab muhojirlar namoyishga chiqdi.
Namoyishchilar prezident Nikolas Maduroga qarshi shiorlar aytib, xalqaro hamjamiyatni Venesuela hukumatiga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Norozilik aksiyasi kutilmagan voqealarsiz yakunlandi.
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi.
Venesuela Milliy saylov kengashi amaldagi davlat rahbari Nikolas Maduro 51,2 foiz ovoz bilan uchinchi olti yillik muddatga qayta saylanganini ma’lum qildi.
Muxolifat saylov natijalari soxtalashtirilganini da’vo qilmoqda.