Ukrainada «FSB»ga ishlaganlikda gumonlangan 9 kishi ushlandi

Jahon 07:56 / 06.08.2024 2022

Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») kontrrazvedkasi Rossiya «FSB» razvedka tarmog‘ini zararsizlantirdi, u Rossiya armiyasini Ukrainaga raketalar, bombalar va UUAdan foydalangan holda hujumlarni tayyorlash uchun ma’lumot bilan ta’minlab kelgan. Bu haqda «SBU» va Ukraina Bosh prokuraturasi ofisi (BPO) 5 avgust, dushanba kuni o‘z saytlarida ma’lum qildi

Dnipro, Zaporijjya va Sumi, shuningdek, Donetsk, Odessa va Kirovograd viloyatlarida to‘qqiz kishi qo‘lga olingan. Ular harbiy holat sharoitida davlatga xiyonat qilishda gumonlanmoqda. Ushlanganlar mol-mulki musodara qilingan holda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar Kremlga yaqin Telegram-kanallardagi chatlarda faol obunachi sifatida Rossiya «FSB» e’tiboriga tushgan. BPO ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning mart oyida «FSB» vakili Telegram’da Ukrainaga qarshi qo‘poruvchilik faoliyatini amalga oshirish uchun maxsus chat-bot yaratgan. Bir necha oy davomida to‘qqiz kishi o‘z ixtiyori bilan unga qo‘shildi va «Rossiya razvedkachisiga harbiy xarakterdagi ma’lumotlarni taqdim etishga» rozi bo‘ldi.

Ukraina pozitsiyalari, HHM joylari va elektr podstansiyalari o‘rganildi

Qo‘lga olinganlar orasida - ikki nafar amaldor, biri Dnipro shahar kengashidan, ikkinchisi Odessa viloyati Yujnenskiy shahar kengashida bo‘lim boshlig‘i. «SBU» ma’lumotlariga ko‘ra, ular har ikki viloyat hududida Rossiyaning o‘qqa tutishi uchun havo hujumidan mudofaa punktlari va asosiy elektr podstansiyalarini o‘rgangan. 

Qolgan ikki agent Pokrovsk va Chasoviy Yar yaqinidagi mustahkamlangan hududlar va Ukraina Qurolli kuchlarining og‘ir artilleriya o‘q otish joylarini o‘rganib chiqdi. Ularning sherigi Donetsk viloyatidagi Kuraxovoda Ukraina armiyasi shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasi haqida ma’lumot to‘plagan.

Rossiya agentlari orasida Ukraina Qurolli kuchlari eshelonlarining sharqiy front yo‘nalishidagi harakatini qayd etgan ikki menejer va universitet talabasi ham bor. Yana bir ushlangan - sobiq politsiyachi, u Rossiyaning Ukrainadagi gidroelektr stansiyalaridan biriga hujumi oqibatlari haqida «xabar bergan».

Ko‘proq yangiliklar: