Rossiya havo mudofaasi bir sutkada to‘rtta SCALP-EG havodan uchiriladigan qanotli raketa va 43 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Bu haqda 5 avgust, dushanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
«Havo hujumidan mudofaa tizimlari AQShda ishlab chiqarilgan oltita ATACMS operativ-taktik raketalarini, to‘rtta Fransiyada ishlab chiqarilgan SCALP-EG havodan uchiriladigan qanotli raketalarni, AQShda ishlab chiqarilgan yettita HIMARS reaktiv snaryadlarini, Fransiyada ishlab chiqarilgan Hammer boshqariladigan bombani va 43 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlarining aviatsiya, artilleriya va dron ekipajlari 132 ta hududdagi yonilg‘i-moylash materiallari, dushman ishchi kuchi va harbiy texnikasi to‘plangan ikkita omboriga zarba bergan.