BMT Bangladeshdagi zo‘ravonlikni to‘xtatishga chaqirdi

Jahon 09:23 / 06.08.2024 1786

Bangladeshda hukumatga qarshi namoyishlardagi dahshatga soluvchi zo‘ravonliklarga chek qo‘yilishi kerak. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Turk bayonot berdi.

Uning qayd etishicha, o‘tgan dam olish kunlari namoyishchilar orasida qurbonlar soni ortgan.

Turkning aytishicha, Sirajganj tumanidagi politsiya bo‘limiga uyushtirilgan hujumda kamida 13 nafar huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan. 

«Men odamlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklardan chuqur xavotirdaman. Men (Bangladesh) siyosiy rahbariyati va xavfsizlik kuchlarini yashash, tinch yig‘ilishlar va so‘z erkinligi huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqiraman», — dedi oliy komissar. 

Bangladeshda ommaviy tartibsizliklar mamlakat hukumati davlat lavozimlari uchun aksariyat kvotalarni bekor qilganidan keyin boshlandi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar paytida 147 kishi halok bo‘lgan. Mahalliy matbuotning xabar berishicha, qurbonlar soni 200 dan oshgan. 

Ko‘proq yangiliklar: