Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro Nordik universitetida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” ochildi
Xalqaro Nordik universiteti va “UzReport” axborot agentligi hamkorligida UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi tashkil etildi.

2 avgust kuni Toshkentda Xalqaro Nordik universiteti va “UzReport” axborot agentligi o‘zaro xamkorlikda UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi ochildi. Ushbu yangi tashkil qilingan Akademiyada “Jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi (bakalavriat) va mutaxassisligi (magistratura) bo‘yicha dual ta’lim shaklda jurnalistika sohasida eng yangi innovatsiyalar, xolis, tezkor va kreativ nuqtai nazar, professional bilim va ko‘nikmalarga ega kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarga hujjat topshirgan abituriyentlarni saralab olish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: birinchi bosqich – test shaklida (Ona tili va adabiyoti, tarix fanlaridan) va ikkinchi bosqich – og‘zaki va yozma ish shaklida bo‘lib o‘tadi.
Akademiyada o‘qish davrida talabalarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- o‘qish davomida parallel ravishda daromad topish imkoniyatini yaratish: “UzReport TV”, “FTV” telekanallari, www.uzreport.news axborot portalida muxbir, muharrir, tasvirchi, PR-menejer, videomontaj ustasi, suxandon, ijtimoiy tarmoqlarda SMM mutaxassisi sifatida ishlash;
- bir paytning o‘zida dual ta’lim asosida akademik ta’lim va “UzReport” Axborot Agentligida amaliy bilim oladi;
- jamoaviy loyihalar taqdim etiladi, xorijiy va mahalliy ilmiy grantlarda ishtirok etish, startap loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha treninglar, jurnalistika sohasida yuqori nufuzga ega bo‘lgan xorijiy ekspert-jurnalistlar taklif etilgani holda “mahorat darslari” ham tashkil etiladi;
- talabalar uchun nafaqat mahalliy tele-kanallarda amaliyot, balki xorijiy davlatlarda, xususan, Finlyandiya, AQSh, Janubiy Koreya, Italiya, Shvetsiya, Vengriya, Fransiya davlatlarida amaliyot ham tashkil etiladi;
- yozgi ta’til davomida talabalar uchun maxsus “Work and Travel” dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
2024-2025 o‘quv yilga bakalavriat kunduzgi ta’lim shakliga – 60 nafar, sirtqiga – 60 nafar va magistraturaga – 30 nafar talaba qabul qilinadi. Bakalavriatda kunduzgi o‘qish shakli uchun to‘lov yiliga 32 mln so‘m, sirtqi ta’lim olish uchun 34 mln so‘m bo‘lsa, magistraturadagi ta’lim uchun 36 mln so‘mni tashkil etadi. Ta’kidlash lozim, barcha qabul qilingan talabalarga 20% dan 100 foizgacha ta’lim granti taqdim etiladi. Grantlar Xalqaro Nordik universiteti, “UzReport” Axborot Agentligi va boshqa ish beruvchi tashkilotlar tomonidan ajratiladi.
Bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish 4 yil, sirtqi 5 yil va magistraturada tahsil olish jarayoni 2 yilni tashkil etadi. Bakalavriat diplomini olish uchun talaba 240 kredit, magistr darajasini olish uchun 120 kredit to‘plashi lozim. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Xalqaro Nordik universiteti saytidan yoki +99855 508 44 00 raqamlari orqali olish mumkin.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

13:44 / 09.12.2020
«UzReport» yangi loyihalar uchun 30 milliard qarz jalb etmoqda

21:00 / 30.10.2017
O‘FF UzReport bilan hamkorlik qiladi

19:30 / 14.05.2017
UzReport bir vaqtda boshlanadigan «Barselona» hamda «Real» uchrashuvlarini onlayn namoyish etadi

15:22 / 12.03.2017