Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«UzReport» yangi loyihalar uchun 30 milliard qarz jalb etmoqda
«UzReport» axborot agentligi yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun korporativ obligatsiyalarni bozorga chiqardi.
«Saipro» mas'uliyati cheklangan jamiyat ta'sischiligida tashkil etilgan «UzReport» axborot agentligi yangi media loyihalarni moliyalashtirish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida umumiy qiymati 30 milliard so‘mga teng 600 dona obligatsiyani bozorga chiqardi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, har bir aksiya 50 million so‘mdan yopiq sotuv shaklida, ya'ni avvaldan ma'lum shaxslarga sotiladi.
Korporativ yagona axborot portali ma'lumotiga ko‘ra, agentlik qimmatli qog‘ozlarni chiqarish haqidagi qarorni shu yilning 10 noyabr kuni qabul qilgandi.
Ma'lumot uchun, media bozorida 1999 yildan buyon faoliyat yuritayotgan «UzReport» axborot agentligi «UzReportTV», «Futbol TV» va ingliz tilida ish olib boradigan «UzReport World» telekanallari, «uzreport.news» internet nashriga egalik qiladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
Jahon | 09:07
-
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:55
-
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti
Jahon | 08:15
-
Qimmatli qog‘ozlar bozorida qonunbuzilishlar uchun sanksiyalar qo‘llanadi
Iqtisodiyot | 08:00
Mavzuga oid

18:04 / 05.08.2024
Xalqaro Nordik universitetida “UzReport jurnalistika, media va kommunikatsiyalar akademiyasi” ochildi

21:00 / 30.10.2017
O‘FF UzReport bilan hamkorlik qiladi

19:30 / 14.05.2017
UzReport bir vaqtda boshlanadigan «Barselona» hamda «Real» uchrashuvlarini onlayn namoyish etadi

15:22 / 12.03.2017