Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik sportchilar 2024 yilgi Olimpiadada oltin va bronzani qo‘lga kiritdi
Birdaniga ikki ukrainalik sportchi – Yaroslava Maguchix va Irina Gerashchenko ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash natijalariga ko‘ra Olimpiya shohsupasiga ko‘tarildi.

Yaroslava Maguchix Foto: EPA-EFE/REX/SHUTTERSTOCK
Ukrainalik sportchi Yaroslava Maguchix 4 avgust, yakshanba kuni Parijda bo‘lib o‘tgan balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar musobaqasining finalida raqiblarini mag‘lub etib, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medali sohibiga aylandi.
Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bahslarida kumush avstraliyalik sportchi Nikola Olislagersga nasib etdi. Maguchix ham, Olislagers ham 2 metr balandlikka erishdi, ammo ukrainalik birinchi urinishda, avstraliyalik esa faqat uchinchi urinishda muvaffaqiyat qozondi.
22 yoshli Maguchix ushbu sport turi bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. 2024 yil iyul oyida Parijdagi Olmos o‘yinlarida u balandlikka sakrash bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi - 2,10 metr. Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash bo‘yicha avvalgi rekord 1987 yilda bolgariyalik Stefka Kostadinova tomonidan o‘rnatilgan - 2,09 metr.
Ukraina ayollar o‘rtasida sakrashda oltin va bronzani qo‘lga kiritdi
Maguchix balandlikka sakrash musobaqasining finalidan so‘ng shohsupaga ko‘tarilgan yagona ukrainalik sportchi emas. Undan biroz avval yengil atletikachi Irina Gerashchenko finaldagi natijasiga ko‘ra Ukrainaga bronza medalini taqdim etgandi.
29 yoshli sportchi 1,95 metr balandlikka sakrashga muvaffaq bo‘ldi. Gerashchenko bronza medalini bir xil balandlikka sakragan avstraliyalik Eleanor Patterson bilan bo‘lishdi.
Mixail Koxan Ukrainaga bronza medalini olib keldi
Shu oqshom Ukraina yana bir Olimpiya medalini qo‘lga kiritdi. Bolg‘a uloqtirish bahslarida bronza medali 23 yoshli sportchi Mixail Koxanga nasib etdi, u snaryadni 79,39 metr masofaga uloqtirdi.
Musobaqa finalida ukrainalik kanadalik Itan Katsbergga (84,12 metr) va vengriyalik Xalas Bensega (79,97 metr) yutqazdi.
Har uchala sportchini medallari bilan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlar orqali tabrikladi.
Umuman olganda, Ukraina 4 avgust oqshomidagi holatiga ko‘ra, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida oltita medalga ega.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025