Saida Mirziyoyeva: “Jadidlar ham, Alash harakati ham xalqni ozod qilishga intilgan”

Jamiyat 23:06 / 05.08.2024 4836

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 5 avgust kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan “Zakovat” Osiyo kubogida so‘zga chiqdi. U O‘zbekiston va Qozog‘iston oldida turgan eng muhim vazifa ta’limni rivojlantirish ekanini ta’kidlab, o‘tgan asr boshidagi jadidchilik va Alash harakatlarini yodga oldi.

“O‘zbekistonda 7 yil avval ham, har yili kuzda maktab va institutlar yopilar edi. O‘qituvchilar, talaba va o‘quvchilar dalaga, paxta terimiga majburiy jalb qilinardi. Butun bir avlod chalasavod bo‘lib qoldi. Biroq biz yuz yillik paxta qulligiga barham berdik. Millionlab o‘quvchilar o‘quv maskanlariga qaytarildi.

XX asr boshlarida jadidlar ham, Alash harakati vakillari ham yagona maqsad sari – xalqni ozod qilish va vatan ravnaqiga intilganlar. Barchalarining orzulari taraqqiy etgan jamiyat bo‘lgan. Nima uchun mintaqamiz rivojlanishda dunyo mamlakatlaridan ortda qolayotganini o‘lkamiz ziyolilari yaxshi anglagan. Lekin ularga o‘ylagan niyatlarini amalga oshirish imkoni berilmadi.

Bir necha avlod almashdi. Mana endi, davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi bilan, jadidlarning yiqilgan bayrog‘ini tiklashga kirishdik. Ular xuddi sizlardagi Alash harakati vakillari kabi taraqqiyparvar yoshlar uchun namunadir. Biz ziyoli ajdodlarimiz g‘oyalarini amalga oshirish, ma’rifat va ta’limni ular orzu qilgan darajaga yetkazish harakatini boshladik”, – dedi Saida Mirziyoyeva.

Ko‘proq yangiliklar: