Rossiya kuchishlatarlari mamlakatni tark etgan fuqarolarga “ov” boshladi

Jahon 20:10 / 05.08.2024 5952

Juma kuni Rossiya Davlat dumasiga Bosh prokuraturaga xorijiy davlatlarning kuchishlatar tuzilmalariga jinoiy javobgarlik ostiga tushgan rossiyaliklarni qidirish uchun murojaat qilish huquqini beruvchi qonun loyihasi muhokamaga kiritilgan.

RF Bosh prokuraturasi “xorijiy davlatlarga nafaqat chet el fuqarolarini, shuningdek, jinoyat sodir etgan va mamlakat tashqarisiga chiqib jazodan qutulib qolishga urinayotgan Rossiya fuqarolarini javobgarlikka tortish uchun materiallar jo‘natishi mumkin”, — degan RF Davlat dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskaryov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli o‘zgartirishlar RF Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddasiga o‘zgartirish kiritiladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, yangi qonun “jinoiy sudlov tizimining jazoning muqarrarligi kabi asosiy prinsipini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi”.

Emigrantlarga “ov” uchun kuchishlatar tizimlarga hokimiyat “ekstremizm”ga aloqador deb hisoblovchi va mamlakatni tark etgan fuqarolarning yagona davlat bazasi yordam beradi. Bunday bazani tuzishni RF IIV 2025-2030 yillar uchun ekstremizmga qarshi kurashish strategiyasi loyihasi kiritgan.

Hujjatga ko‘ra, davlatga “ekstremistik tashkilotlarda ishtirok etish, shuningdek, nodo‘stona davlatlarning chet eldagi markazlarida o‘qish uchun Rossiya Federatsiyasi hududini tark etgan shaxslarning ma’lumotlar bazasini yaratish” zaruriyati bor. Rossiya uchun tashqi ekstremistik tahdidlar ortib bormoqda, xorijdan turib harakat qiluvchi “ekstremistlar” “jamiyatdagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish” va “rangli inqiloblar”ga intilishmoqda, deyiladi strategiya loyihasida.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng keyingi 100 yil ichida Rossiyada ro‘y bergan eng yirik siyosiy immigratsiya harbiy safarbarlik e’lon qilinganidan so‘ng yanada kuchaygan, Yevropa davlatlari, Turkiya va sobiq ittifoq davlatlarini Rossiya pasporti sohiblari bilan to‘ldirgan. The Bell nashrining jahonning 70 ta davlati migratsiya xizmatiga asoslanib hisoblashicha, 2024 yilning iyul oyi holatiga 700 mingdan ortiq relokantlar Rossiyaga qaytmagan.

Emigrantlarni qidirib topishga Federal soliq xizmati va banklar jalb qilinmoqda. FSXga Rossiyaning soliq va valuta rezidenti statusini aniqlash uchun avtomatik tizim yaratish, banklarga esa xorijda bo‘lib turgan mijozlarni IP manzillar va geolokatsiya tizimlari orqali aniqlash vazifasi topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: