“Ostonadagi tadbirni tashkillashtirishga 1,5 oy vaqt sarfladik” - bosh rejissor

Jamiyat 17:47 / 05.08.2024 3806

Ostonada “Zakovat Asian cup” xalqaro turniri boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. O‘zbekiston va Qozog‘iston jamoalari bellashadigan bu o‘yin uchun Prezident madaniyat markazi tanlangan. Ostonadagi tadbir bosh rejissyori Javlon Aliyevga ko‘ra, «Zakovat»ning boshqa tadbirlardan ajralib turadigan yana bir jihati – bir uchrashuvning ikkinchisiga o‘xshamasligida. Jamoa 1,5 oydan beri Ostonadagi turnir ustida ishlayapti, deydi bosh rejissyor.

Shuningdek, ikki davlatdan ham «Zakovat» muxlislari, klub a’zolari turnirni tomosha qilish uchun yetib kelishgan. Intellektual klub magistri Bobuq Yoqubovga ko‘ra, maqsad – bilimni targ‘ib qilish.

Javlon Aliyev

Xorijiy davlatlar orasida Qozog‘istonning «Zakovat»ga munosabati anchagina iliq. Klub a’zolarining aytishicha, davlatda bunday intellektual harakatlar bo‘lmasa-da, qozoqlar qo‘shnilari, xususan, Rossiyadagi o‘yinlarda faol qatnashib keladi.

«Zakovat»ning xalqaro maydonga chiqishi esa klubni to‘la intellektual harakatga aylanishiga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston hozirgacha «Zakovat»ning xorijdagi o‘yinlariga eng ko‘p mezbonlik qilgan mamlakatga aylandi. Ostonadan oldin Olmaota shahrida «Aziada-2024» o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Ko‘proq yangiliklar: