800 mingga yaqin ukrainalik erkaklar harbiy xizmatdan qochib yuribdi - Financial Times

Jahon 08:22 / 05.08.2024 5496

Safarbar etilishi lozim bo‘lgan 800 mingga yaqin ukrainalik erkaklar harbiy xizmatdan qochib yuribdi. Ular haqiqiy yashash manzillarini o‘zgartirib, «qora» maosh beriladigan bilan ishga kirgan. Bu haqda 4 avgust, yakshanba kuni Ukraina Oliy radasining Iqtisodiy rivojlanish qo‘mitasi rahbari Dmitro Nataluxa Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi

Deputat so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab erkaklarning noqonuniy holatga o‘tishi hududiy shakllantirish markazlari xodimlarini Ukraina armiyasiga rasman ishlayotgan odamlarni «yollash»ga majbur qilmoqda. Bu, o‘z navbatida, Ukrainaga jiddiy iqtisodiy inqiroz bilan tahdid qiladi, deb hisoblaydi Nataluxa.

«Ko‘proq korxonalar o‘z faoliyatini davom ettirish uchun yetarli resurslarga ega emasligi sababli yopilyapti», bu esa oxir-oqibat iqtisodda domino effektini keltirib chiqaradi. Nataluxaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Ukraina kompaniyalari harbiy xizmatga chaqirish yoki emigratsiya tufayli o‘rtacha 10-20 foiz ishchilarini yo‘qotgan. 

Safarbarlikdan iqtisodiy «bron» to‘g‘risidagi qonun loyihasi 

Iyun oyida Oliy radaga safarbarlikdan «iqtisodiy bron» to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim etildi. Hujjatga ko‘ra, kompaniya aniq bir xodim uchun oyiga 20 ming grivna (447 yevro) miqdorida oshirilgan harbiy soliq to‘lashi va shu orqali uni muddatli harbiy xizmatdan ozod qilishi mumkin. 

Agar ushbu qonun loyihasi qabul qilinsa, deyarli 900 ming kishi harbiy xizmatdan ozod qilinadi va armiya ehtiyojlari uchun taxminan 20 milliard grivna (447 million yevrodan ortiq) yig‘iladi, deya ta’kidlaydi Nataluxa. «Bu pul Viktor Orbanning qanday kayfiyatda uyg‘onishi yoki AQSh keyingi prezidenti bo‘lishiga bog‘liq emas», dedi deputat Vengriya bosh vaziri tomonidan Ukrainaga Yevropa yordami qayta va qayta to‘sib qo‘yilganiga, shuningdek, Donald Trampning bir kechada Ukrainadagi urushni «to‘xtatish» va’dalariga ishora qilib. 

Ko‘proq yangiliklar: