Ramzan Qodirov Mudofaa vazirligidan Chechenistonda polk va batalonlar tuzish vakolatini berishni so‘radi

Jahon 21:18 / 04.08.2024 6348

Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Rossiya Mudofaa vazirligiga murojaat qilib, keyinchalik «maxsus harbiy operatsiya»ga yuborish uchun respublika hokimiyatiga polk va batalonlar tuzish vakolatini berishni so‘radi.

«Bizga imkoniyat bering. Ular («maxsus harbiy operatsiya») hamma narsadan qochmoqda, biznikilar esa ushbu ins-jins va iblislarni yo‘q qilish uchun ularning ustiga chopyapti», — deydi Ramzan Qodirov «Rossiya 1» telekanaliga.

Checheniston yetakchisining ta’kidlashicha, Rossiya maxsus tuzilmalar universiteti urush zonasiga yuborish uchun ko‘ngillilarni tayyorlashga ulgurmayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga urushga borishni xohlayotganlar oqimi ko‘payib ketgani sabab bo‘lgan. «Biz shunchaki kiyintirish, ko‘ngillilarni o‘qitish va yuborishga ulgurmayapmiz», — deydi u.

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin Ramzan Qodirov respublikada bir necha ko‘ngillilar batalonlarini shakllantirish kerakligini aytgandi. 2023 yil oktyabrda u shayx Mansur nomidagi batalon tuzilishini ma’lum qilgan edi.

Aprel o‘rtalarida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining 3 ming nafar harbiysi «Axmat» maxsus kuchlari safiga qo‘shilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Prigojin davrida guruh komandirlaridan biri bo‘lgan «Ratibor» laqabli vagnerchi ham chechenlar bo‘linmasiga a’zo bo‘lgan. U bir vaqtlar chechenlarni mazax qilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: