Asialuxe travel jamoasi yangi sayohat yo‘nalishini ochdi — Hurgada, Qizil dengiz bo‘yidagi go‘zal kurort shahar. Bu shaharda narxlar nisbatan arzon, mehmonxonalar xilma-xil, kurortlar yesa nihoyatda jozibali. Misrdagi "Maldiv" Giftun oroliga sayohat, dengiz ustida qurilgan Elgouna bo‘ylab qayiqda sayr, yuqori darajadagi servis sizni hayron qoldirishi aniq. Kun.uz Hurgadada tashrif buyurish mumkin bo‘lgan eng yaxshi joylar va mehmonxonalar haqida fotohikoya tayyorladi.
Kun.uz O‘zbekistondagi yetakchi tur kompaniyalardan biri — Asialuxe travel bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklar uchun yangi sayohat yo‘nalishi — Hurgadani kashf qilishga qaror qildi.
Ushbu fotohikoyada turist sifatida bizni hayron qoldirgan Hurgadaning go‘zal manzaralari haqida hikoya qilamiz. Bu yerga albatta sayohat qilishingiz uchun sabablar ko‘p.
Hurgada - Misrning Qizil dengiz sohilida 40 kmga cho‘zilgan kurort shahri. Ko‘plab restoranlar, barlar va tungi klublar mavjud eski shahar El-Daharda esa an’anaviy Misr qahvaxonalari va bozorlari joylashgan. Hurgadaning ko‘plab kurort mehmonxonalari o‘zining qumli plyajlariga ega. Biz bu yerda bir mehmonxonada ko‘rgan plyajimizni boshqasida ko‘rmadik, ular shu qadar turfa xil.
Ayniqsa, Misrning bu kurort shahrida rus tilida gaplashuvchilarni ko‘p uchratamiz deb o‘ylamagan edik. Hurgadaning jami aholisining 50 foizini misrliklar, 50 foizini yesa chet yelliklar tashkil qiladi. Chet yelliklarning 30 foizi esa rus tilida gaplashuvchilar, 10 foizi nemis tilida gaplashuvchilar, qolgan 10 foiz esa boshqa millat vakillaridan iborat. Shuning uchun bu yerda sayohat qilish istagida bo‘lsangiz, til bareridan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Servis ko‘rsatuvchilarning aksariyati rus tili, ingliz tilida erkin muloqot qila oladi. Shahar xavfsiz va tinch. Ayniqsa, dam olish maskanlarida mahalliy aholi yashamaydi.
Sayohatimizning bir kunini Giftun oroliga sayohat qilishga bag‘ishladik. Shahardan 45 daqiqalik masofani yaxtada bosib o‘tdik, bu bizga Qizil dengizning bor go‘zalligidan bahramand bo‘lishga yordam berdi. Giftun orolida 4 ta plyaj bor, biz borgan joy — Mahmua plyaji edi. Bu joy Maldiv orollariga o‘xshab ketadi. Chunki plyaj oppoq qum bilan qoplangan, dengiz suvi boshqa joylardagi plyajlardan kora ko‘proq moviy ko‘rinadi, plyaj esa dam olishga qulay.
Hurgada uch qismdan iborat. Birinchisi, eski shahar — El-dahar, Misrning haqiqiy, an’anaviy qiyofasi shu yerda. Ikkinchisi — Eskala, Hurgadaning ma’muriy markazi. Bu yerda do‘konlar, bozorlar, kafe va restoranlar, klublar joylashgan, mahalliy aholi shu yerda yashaydi. Uchinchisi yesa, Sahl Hashish dam olish maskanlari. Shahardan 20-25 daqiqa uzoqlikda turli xizmatlar va plyajlarni taklif qiluvchi mehmonxonalar joylashgan.
Dam olish zonalaridan eng mashhurlari Elgouna va Sahl Hashish hisoblanadi. Sahl Hashish yangi turistik zona, 9 ta mehmonxona faoliyat yuritadi. Ularning barchasi dengiz bo‘yida qad rostlagan. Bu yerda Asialuxe travel bilan o‘z didingiz va hamyoningizga mos mehmonxonani tanlashingiz mumkin. Biz sayohat qilgan mehmonxonalarning ayrimlari quyidagilar:
"Pickalbatros Citadel Hotel" "— bizni to‘liq toshdan qurilgan arxitekturasi bilan hayratga soldi. 3 ta suzish havzasi va basseynlarni o‘z ichiga olgan bu mehmonxona Qizil dengizga qaragan panorama manzarali xonalarini taklif qiladi. U yaqin atrofdagi tog‘lardan kesilgan tabiiy marjon toshlardan qurilgan.
Baron Palace Sahl Hasheesh — Qizil dengiz sohilidagi Sahl Hashish ko‘rfazining qoq markazida joylashgan bo‘lib, hayratlanarli manzaralar va qishda isitiladigan basseynlarga ega. Mehmonxona diving va snorkeling xizmatlarini taklif qiladi. Uchta 4 qavatli binodan iborat, uning dizayni arabcha saroylarga monand ishlab chiqilgan.
Premiere Le Reve — Sahl Hashish ko‘rfazidagi bu 5 yulduzli mehmonxona, chuchuk suv va dengiz suvi bilan to‘ldirilgan basseynlar, yuqori qavatda joylashgan suzish havzalari, xususiy plyaj, sport klubi, kurortar va restoranlarni taklif qiladi.
Rixos Premium Magawish — Qizil dengizning feruza rangli suvlari; toza qumli plyaj, dengizga sho‘ng‘ish kabi mashg‘ulotlarni taklif qiladi. U sport ishqibozlari uchun munosib dam olish maskani. Ayniqsa, o‘zining ot fermasi ham bor. Havo issiq va tuproq quruqligiga qaramay, Rixos hududi to‘liq yashil daraxtlar bilan qoplangan.
Elgouna — kichik Venetsiya
O‘z qo‘riqlash xizmatiga ega Elgouna yangi, zamonaviy kurort shaharcha o‘laroq Hurgadada qad rostlagan. Uni biz kichik Venetsiya deb atadik. Chunki bu kichik shahar suv ustida qurilgan, barcha mehmonxonalar suv bo‘yida shunday joylashtirilganki, ularni ko‘priklar bir-biriga bog‘laydi.
Elgouna'da Hurgadaning eng boy odamlari o‘zining villalarini qurgan, yaxtalarini joylashtirgan. Bu yerda dunyo yulduzlari — Anjyelina Joli, Tom Hanks, futbolchi Muhammad Salohning villalari bor.
Biz bu yerda siz tashrif buyurishingiz mumkin bo‘lgan ayrim mehmonxonalar ro‘yxatini tuzdik: